Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bank xodimlari uchun seminar o‘tkazildi

Bank tizimida shaffoflik va halollik tamoyillarini mustahkamlash maqsadida xodimlar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga korrupsiyaning oldini olish, xizmat vazifalarini halol va mas’uliyat bilan bajarish hamda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etish masalalari atroflicha tushuntirildi.

Seminarda korrupsiyaning asosiy tushunchalari, uning bank faoliyatiga salbiy ta’siri hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi va ularni aniqlash mexanizmlari misollar asosida tushuntirildi.

Tadbir davomida xodimlarga korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.

Jumladan, shubhali operatsiyalarni aniqlash, ichki tartib-qoidalarga qat’iy amal qilish va bunday holatlar yuzaga kelganda tegishli bo‘limlarga zudlik bilan xabar berish muhimligi ta’kidlandi. Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda real vaziyatlar asosida muhokamalar olib borildi.

#xabar_ber

Bank tizimida korrupsiya, tamagirlik va boshqa ko`rinishdagi huquqbuzrlikka duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingiz mumkin:

Aloqabank ishonch telefoni: +(99871) 232-83-31
Elektron pochta manzili: compliance@aloqabank.uz
Telegram: @anticor_aloqabank
Facebook: Aloqacor Aloqabank
Instagram: anticorkomplaens

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: Call-markaz – 1253

5b3344b5-029b-44fb-884d-58273ce2ad05


7588862b-61c4-4203-854f-96eaa053c3ee


afb1efb8-f2e3-4cec-8bf7-712f728969a8