2026-yil 14-15-iyunda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan Olimpiya shaharchasida Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tashabbusi bilan “Yangi Oʻzbekiston ayollar olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika bosqichiga tantanali start berildi.

Ushbu sport bayrami doirasida joriy yilning 15-iyunida respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyurgan xotin-qizlar ishtirokida ommaviy ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari hamda “Besh ming qadam” yurish marafoni oʻtkazildi.

Mazkur nufuzli anjumanda AT “Aloqabank”da Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash maslahat kengashining tashabbusi bilan bank jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Bank jamoasining mazkur tadbirdagi ishtiroki xodimlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy faollikni ragʻbatlantirish, xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash hamda jamoada oʻzaro hamjihatlik va korporativ madaniyatni yanada rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlarning amaliy ifodasidir.