AloqaBank korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha jamoatchilik eshituvini o‘tkazdi
Toshkentda o‘tkazilgan «Silk Road Finance & Technology Forum» xalqaro forumi doirasida AloqaBank tomonidan korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish va ochiqlikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan jamoatchilik eshituvi tashkil etildi.
Unda bank xodimlari, ekspertlar, OAV, blogerlar va tadbirkorlardan iborat 150 nafardan ortiq vakillar ishtirok etdi.
Jamoatchilik eshituvi va taqdimotlar davomida bank faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to`qnashuvi va xato-kamchiliklarni oldini olish bo`yicha hisobot eshitildi, korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, komplayens mexanizmlarini kuchaytirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Forum ishtirokchilari tomonidan AloqaBank tizimida halollik va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat muhitini mustahkamlash, korrupsiyaviy xavflarni muntazam tahlil qilish, manfaatlar to‘qnashuvini samarali boshqarish hamda xodimlarning korrupsiyaga qarshi bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuqori baholandi.