АT «Аloqabank» Sizga hamkorlik uchun oʻz minnatdorchiligini bildiradi va bank faoliyatida amalga oshirilayotgan yangilanishlar haqida maʼlum qiladi.
Аmalga oshirilishi rejalashtirilayotgan transformatsiya doirasida АT «Аloqabank» Sizning eʼtiboringizga mijozlarga xizmat koʻrsatish jarayonini sezilarli darajada tezlashuviga olib keluvchi yuridik shaxslar uchun yangilangan Internet-banking xizmatini taqdim etadi.
Internet-banking funksionali hamda imkoniyatlari bilan quyidagi havola orqali kirib, hoziroq tanishishingiz mumkin.
Korporativ mijoz bank tizimiga oʻtish (asosiy):
Foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma YSHUIB (Yuridik shaxslar uchun Internet-banking) sahifasida joylashtirilgan.
Sifat va estetik koʻrinishni yaxshilash hamda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan texnik muammolarning oldini olish maqsadida biz sizning mulohazalaringiz va istaklaringizni kutib qolamiz!
Ushbu tizimlar boʻyicha savollar yuzaga kelganda bank xodimlariga telegram bot orqali (t.me/aloqabanksavolbot) toʻgʻridan toʻgʻri yoki +998 71 230-77-77 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin
Internet-banking quyidagi imkoniyatlarga ega:
- bankka barcha turdagi moliyaviy hujjatlarni yuborish;
- istalgan davr uchun bankdagi hisob raqamlardan koʻchirmalar va ularga tegishli boshqa hujjatlarni olish;
- haqiqiy vaqt tartibida toʻlov hujjatlarini bank ishlovidan oʻtishining barcha bosqichlarini kuzatish;
- xatolar toʻgʻrisida xabarlarni tezkor olish;
- kirim va chiqim toʻlov hujjatlarini ko’rish va chop etish.
EPASS kalitiga drayverlarini yuklab olish WINDOWS 7/8/10 (32/64 razryadli tizimga)
Internet-banking Bank-mijoz tizimining takomillashtirilgan turi boʻlib, uning barcha afzalliklarini saqlab qolgan holda bank mijozlari uchun bir qator yangi qulaylik va imkoniyatlarni yaratadi:
- Tezkor - bank va mijoz oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblar haqiqiy vaqt tartibida amalga oshiriladi. Siz kompyuteringiz ekranida toʻlov hujjatlarini bank ishlovidan oʻtishining barcha bosqichlarini kuzatishingiz mumkin. Hisob raqamingizga tushgan toʻlovlar toʻgʻrisidagi ma’lumot, toʻlov bankka tushgan zahoti yangilanadi.
- Xavfsiz - uzatilayotgan axborot sanksiyasiz kirishdan xalqaro kriptografiya formatidan foydalangan holda shifrlash yoʻli bilan himoyalanadi.
- Sodda - Intеrnеt-bankingga ulanish juda soddadir. Buning uchun faqat bizning bankda hisob raqamingiz boʻlishi va “Intеrnеt-banking” hamda elеktron raqamli sеrtifikat tizimida xizmat koʻrsatish shartnomasi imzolangan boʻlishi kеrak.
- Qulay - toʻlov xabarnomalarini rasmiylashtirishda xatoga yoʻl qoʻyish mumkinligi haqida xavotirga oʻrin yoʻq. Tizim hujjatlarni toʻgʻri toʻldirilishini tubdan nazorat qilib, xatolarni koʻrsatib boradi. Xato toʻldirilgan hujjatni joʻnatgan holatingizda ham Siz uni zudlik bilan toʻxtatishingiz mumkin va unda hisob raqami boʻyicha opеratsiya amalga oshirilmaydi.