Ilova haqida qisqacha ma’lumot
Toʻlov kartalaridagi mablagʻlaringizni erkin boshqarish, pul aylanmalarini onlayn kuzatish, 300 dan ortiq onlayn to’lovlar xizmatlari hamda quvonarli keshbeklar, daromadli omonatlar va tezkor onlayn mikroqarzlar, arzon kartadan kartaga pul oʻtkazmalari va yana koʻplab imkoniyatlar bankning Zoomrad mobil ilovasida mujassam.
Zoomrad ilovasida roʻyxatdan oʻtish uchun - mobil telefon raqamini kiritish va bank kartasini qoʻshishning oʻzi kifoya. Shuningdek, bank kartasi ma’lumotlarini qulay kiritish uchun skaner xizmati mavjud.
Bank kartasi mavjud bo‘lmagan foydalanuvchilar ilova orqali Aloqabank kartalariga onlayn buyurtma berishlari yoki virtual Aloqabank kartalarini rasmiylashtirishlari mumkin.
ZOOMRAD ilovasida Face ID orqali identifikatsiyadan o’tib, ilova imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanish va xavfsizlik darajasini mustaxkamlashingiz mumkin. Identifikatsiyadan o’tish uchun pasport seriya va raqamini kiritish hamda yuz tasviringizni ilovada rasmga olish kifoya.
Face ID orqali identifikatsiyadan o’tish qanday qo’shimcha imkoniyatlar beradi.
Xizmatlar |
Identifikasiyalangan Foydalanuvchi |
Identifikasiyalanmagan Foydalanuvchi |
Toʻlovlar |
Ruxsat etiladi |
Ruxsat etiladi |
Kartadan kartaga pul oʻtkazmalar |
Oshirilgan limitlar |
Chegaralangan limitlar |
Yangi kartaga buyurtma berish |
Ruxsat etiladi |
Ruxsat etilmaydi |
Toʻlovlar monitoringi |
Ruxsat etiladi |
Ruxsat etiladi |
Kredit toʻlovi |
Ruxsat etiladi |
Ruxsat etiladi |
Xalqaro pul oʻtkazmalari |
Ruxsat etiladi |
Ruxsat etiladi |
Konversiya |
Ruxsat etiladi |
Ruxsat etiladi |
Onlayn mikrozaym |
Ruxsat etiladi |
Ruxsat etilmaydi |
Aloqabank kartalaridan omonat ochish, toʻldirish |
Ruxsat etiladi |
Ruxsat etiladi |
Istalgan bank kartalaridan omonat ochish, toʻldirish |
Ruxsat etiladi |
Ruxsat etilmaydi |
Rekvizitlar asosida toʻlovlar |
Ruxsat etiladi |
Ruxsat etiladi |
Humo Pay |
Ruxsat etiladi |
Ruxsat etiladi |
Mening avtomobilim |
Ruxsat etiladi |
Ruxsat etilmaydi |
Mening uyim |
Ruxsat etiladi |
Ruxsat etilmaydi |
Davlat xizmatlari |
Ruxsat etiladi |
Ruxsat etilmaydi |
Visa direct |
Oshirilgan limitlar |
Chegaralangan limitlar |
Virtual kartalar ochish |
Ruxsat etiladi |
Ruxsat etilmaydi |
Kartani PIN kodini oʻrnatish |
Ruxsat etiladi |
Ruxsat etiladi |
Kartani PIN kodini oʻzgartirish |
Ruxsat etiladi |
Ruxsat etiladi |
Kartani onlayn bloklash |
Ruxsat etiladi |
Ruxsat etiladi |
Aloqabankdan navbat olish |
Ruxsat etiladi |
Ruxsat etiladi |
Visa karta qoldig‘i hamda aylanmasi haqida ma’lumotnoma olish |
Ruxsat etiladi |
Ruxsat etilmaydi |
AQSH dollaridagi omonat qoldig‘i hamda aylanmasi haqida ma’lumotnoma olish |
Ruxsat etiladi |
Ruxsat etilmaydi |
Xizmatlar uchun toʻlovlar
Zoomrad ilovasi orqali siz 300 dan ortiq xizmatlarga jumladan mobil aloqa, shahar telefon xizmatlari, internet xizmatlari, kommunal va davlat xizmatlari, oliy taʼlim muassalari kontrakt to’lovlari, haj ziyorati va boshqa koʻplab toʻlovlarni onlayn amalga oshirishingiz mumkin. Shuningdek rekvizit orqali istalgan hisobraqamga to’lovlarni tez va qulay onlayn ravishda amalga oshirish mumkin. Takror ravishda amalga oshiriladigan toʻlovlarni qulaylik maqsadida saqlash imkoniyati mavjud.
«Avtoto‘lov» xizmati orqali bir marta sozlash orqali doimiy to’lovlar amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Mazkur funksional sizni telefon, internet, kommunal xizmatlar va boshqa balansga ega bo’lgan xizmatlar balansini doimiy nazorat qilish va to’lovlarni rejalashtirish o’ylaridan ozod qiladi va mazkur xizmatlar uzluksizligini doimiy ta’minlaydi.
ZOOMRAD ilovasida Muqaddas Haj safari ziyoratchilari yagona invoys yoki JSHSHIR (PINFL) orqali komissiyasiz to’lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Bunday imkoniyatni faqat ZOOMRAD ilovasi taqdim etadi
«OTM shartnoma toʻlovi» xizmati orqali talabaning JShShIRni kiritgan holda oliy ta’lim muassasalariga shartnoma toʻlovlarini onlayn amalga oshiradilar.
Zoomrad mobil ilovasida yaratilgan yangi “Joylardagi to‘lov” funksiyasi orqali siz tovar va xizmatlar uchun ilova orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlarni amalga oshirishingiz yoki savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalaridagi maxsus Zoomrad QR belgilarini skanerlash orqali to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.
Kartadan kartaga (P2P) pul oʻtkazmalari
Zoomrad ilovasida bir akkauntga biriktirilgan bir shaxsga tegishli bo‘lgan Aloqabank kartalari o‘rtasidagi o‘tkazmalari mutlaqo bepul. Shuningdek, Aloqabank tomonidan emissiya qilingan kartalar o‘rtasida 15.0 mln. so‘mgacha, HUMO kartalari o‘rtasida va VISA kartalari o‘rtasida 30.0 mln. so‘mgacha bo‘lgan o‘tkazmalarni komissiyalarsiz o‘tkazish imkoniyati ega bo‘lasiz.
Bank kartalari o‘rtasidagi o‘tkazmalarda karta ma’lumotlarini (PAN) tez va qulay kiritish uchun qulay skaner funksiyasidan foydalanish mumkin.
Mijoz mablag’larining xavfsizligini ta’minlash maqsadida har bir o’tkazma bir martalik maxfiy kodlar bilan tasdiqlanishi joriy etilgan.
Shuningdek, xavfsizlik nuqtai nazaridan P2P o’tkazmalariga quyidagi limitlar belgilangan.
FACE ID orqali identifikatsiyadan (tasdiqlangan maqomidagi) oʼtgan foydalanuvchi uchun bir martalik 15 mln.soʼm, bir oylik 150.0 mln. soʼm;
Identifikatsiyadan oʼtmagan foydalanuvchi uchun bir martalik
5 mln.soʼm, bir oylik 50 mln. soʼm. miqdorida limitlar oʼrnatilgan.
VISA Direct
Shuningdek ilovada «VISA Direct» xizmati orqali dunyoning 86 ortiq davlatlari tomonidan emissiya qilingan VISA kartalariga onlayn ravishda oʻtkazmalarni amalga oshirish imkoniyati mavjud. Uzoqdagi yaqinlaringizni xursand qilish uchun ajoyib imkoniyat.
Visa direct o’tkazmalari uchun belgilangan o’tkazma miqdori va komissiyalar bo’yicha batafsil ma’lumotlar ilovada xizmat ommaviy ofertasida keltiriladi.
Onlayn omonatlar
ZOOMRAD ilovasi pullaringiz doimiy ravishda sizga foyda keltirishi uchun daromadli va qulay shartlarda omonatlarni taklif qiladi. Siz Face ID orqali osongina identifikatsiyadan o’tib sanoqli soniyalar ichida bank mijoziga aylanishingiz hamda bankka tashrif buyurmasdan istalgan bank kartasidan omonat ochishingiz mumkin.
Zoomrad ilovasida omonatlar qoldig’i, ularga hisoblangan foizlarni onlayn kuzatishingiz, mablagʻlaringizni oʻzingiz xohlagandek boshqarish imkoniyati mavjud. Ya'ni, sizga qulay vaqtda omonatingizni qoʻshimcha mablagʻ bilan toʻldirishingiz yoki zarurat tugʻilganda omonatingiz foizlarini saqlagan holda undan qisman chiqim qilishingiz mumkin.
Bank tomonidan taklif etilayotgan Omonat shartlari bilan tanishish.
Onlayn mikroqarz
Uyingizni ta’mirlash, maishiy texnika, mebel va uy jihozlari sotib olish yoki sayohatga chiqish uchun kredit olmoqchisiz-u lekin hujjatchilik ishlariga toqatingiz yo’qmi?.
Sizga ZOOMRAD ajoyib yechimni taklif etadi. ZOOMRAD ilovasida ariza qoldiring va sanoqli daqiqalar ichida Aloqabank kartangizga
100 mln.so’mgacha onlayn mikroqarz oling.
Agar sizda Aloqabank kartasi bo’lmasa ilova orqali bir zumda onlayn virtual humo kartasi ochishingiz mumkin. Mikroqarz shartlari bilan tanishish
Valyuta ayirboshlash
Endilikda siz Aloqabank Visa kartasi va ZOOMRAD ilovasi bilan bemalol xorijiy davlatlarda xavotirsiz bo’lishingiz mumkin. Chunki Zoomrad ilovasi sizga istalgan bank kartasidan Aloqabank VISA kartasiga xorijiy valuta sotib olishingiz yoki aksincha VISA kartangizdagi mablag’larni milliy valutaga ayirboshlash imkoniyatini taqdim etadi. Konversiya amaliyotlari hech qanday komissiyasiz onlayn ravishda amalga oshiriladi.
Jamg‘arma
Xarajatlardan ortib pul yig’ish hammamizning og’riqli nuqtamiz. Biz bu maqsadimizni doimiy ravishda keyinga qoldiramiz. Zoomrad sizga katta xaridlar, sayohat, ta’lim yoki har qanday holat uchun pul mablagʻlarini jamgʻarishingizga koʻmaklashadi. Siz faqat qanday maqsadda qancha pul jamgʻarishni va kopilkani qanday usulda toʻldirishni belgilashingiz kifoya. ZOOMRAD siz belgilagan tartibda nafaqat pul jamg’aradi, balkim to’plangan pullaringizga yillik 16% miqdorida foiz ham to’laydi.
Innovatsion xizmatlar
«Mening uyim» xizmati orqali uyingiz bilan bogʻliq ma’lumot va to’lovlarni bir ekranga yig’ing. Shaxsiy kommunal xizmatlar, internet, uy telefoni bilan bog’liq shaxsiy balansni kuzatishingiz, istagingizga muvofiq balans bo’yicha xabarnomalar olishingiz, bir harakat bilan to’lashingiz yoki avtoto’lov xizmatini sozlashingiz mumkin. Bundan tashqari uylaringiz bo’yicha ma’lumotlarni alohida tartibda kiritib borishingiz mumkin.
Mening uyim orqali to’lovlarni amalga oshiring va yoqimli keshbeklarni qo’lga kiriting.
«Mening avtomobilim» xizmati orqali mijozlarga shaxsiy yoki biriktirilgan avtomobillar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar (majburiy sugʻurta muddatlari, qoʻllanilgan jarimalar, rasmiylashtirilgan ishonchnomalar)ni onlayn kuzatib borish hamda qoʻllanilgan jarimalar boʻyicha to‘lovlarni amalga oshiringiz mumkin.
Bundan tashqari onlayn tartibda Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirish) ruxsatnomasini (Tonirovka ruxsatnomasi) va OSAGO (Avtotransport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish) elektron sug‘urta polisini rasmiylastirishingiz mumkin.
ZOOMRAD ilovasi nafaqat moliyaviy to’lovlar, balkim o’z foydalanuvchilarining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bo’yicha allaqachon ishlarni boshlab yuborgan. Siz uchun ilovada Yagona Interaktiv davlat xizmatlari portalining 15 ta davlat xizmatlaridan onlayn ravishda foydalanish imkoniyati yaratildi. Bolalar bogʼchasiga navbatni tekshirish, oʼqish joyidan maʼlumotnoma olish, Mehnat daftarchasidan koʼchirma olish, hisoblangan ish haqi toʼgʼrisida maʼlumotnoma olish, Tadbirkorlik subektlarining ochiq maʼlumotlari bilan tanishish, Pensiya taʼminoti toʼgʼrisida maʼlumotnoma olish shular jumlasidandir.
Kartalarga buyurtma berish
Siz ZOOMRAD ilovasi orqali HUMO va VISA kartalariga sanoqli daqiqalar ichida virtual VISA va virtual HUMO kartalarini ochishingiz va onlayn to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.
AQSH dollaridagi Omonat va VISA karta qoldig‘i va istalgan muddat oralig‘idagi aylanmalari to‘g‘risida ma‘lumotnoma. Mobil ilova foydalanuvchilari onlayn tartibda Aloqabankda ochilgan xorijiy valyutadagi Omonat hisobvaraqlari qoldiqlari va istalgan davr oralig‘idagi hisobvaraq aylanmalari to‘g‘risida ma‘lumotnomalarni onlayn tartibda shakllantirishlari mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari Zoomrad mobil ilovasida mobil ilovaga biriktirilgan xorijiy valyutadagi Aloqabank VISA kartalari qoldig‘i va istalgan davr oralig‘idagi VISA karta kirim chiqimlari to‘g‘risida ma‘lumotnomalarni ham mobil ilova orqali bir lahzada onlayn tartibda shakllantirish imkoniyati mavjud.
Bepul to’lovlar monitoringi.
Sozlamalar bo’limidan to’lovlar monitoringi xizmatini yoqish orqali bank plastik kartalaringizdagi kirim, chiqim operatsiyalarini onlayn kuzatib boring. Shuningdek har bir operatsiyaga tegishli kategoriyalarni biriktirib doimiy ravishda xarajatlaringizni turkumlarga ajratib tahlil qilish imkoniyatiga ega bo’lasiz.
Bank bilan Aloqa
Siz Ilovada bir necha usullar bilan bankka bog’lanishingiz mumkin. Kontakt markaziga qoʻngʻiroq qilishingiz uchun faqatgina «Bankka qoʻngʻiroq» tugmasini bosing va ilova avtomatik ravishda qoʻngʻiroqni amalga oshiradi.
Bundan tashqari, Telegram-bot orqali bankning texnik yordamiga ham murojaat qilishingiz mumkin.
Shuningdek, xaritada eng yaqin HKXKM/KXKM ni topiish mumkin. Zoomrad ilovasi sizning manzilini aniqlab, onlayn xaritada sizga eng yaqin HKXKM/KXKMlar, bankomatlar va valyuta ayirboshlash shaxobchalarini koʻrsatadi. Kerakli markazni tanlab, uning ish tartibi, manzili, telefon raqamini bilib olishingiz va manzilga eltuvchi yo‘nalishni koʻrishingiz mumkin.