Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
...
Yangilash: ...

Saytdan foydalanish shartlari

Menyu

Atamalar yo'riqnomasi

BANK HAQIDA. Bu boʻlimda siz bank haqida asosiy maʼlumotlarni, uning tarixini, kengash va boshqaruv tarkibini, bankning tuzilishini, uni rivojlantirish strategiyasini va boshqa umumiy ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

AKSIYADORLAR VA INVESTORLARGA. Ushbu boʻlimda asosiy moliyaviy natijalar, bank strategiyasi, qarz vositalari, reytinglar, hisobotlar va taqdimotlar, aktsiyalar va dividendlar, korporativ boshqaruv haqida maʼlumotlar keltirilgan.

KORPORATIV MIJOZLAR UCHUN BOʻLIM. Bu yerda moliyalashtirish, mavjud xizmat paketlari, biznes-kartalar, ish haqi loyihasi, hisob-kitob va kassa xizmatlari, kredit liniyalari, Internet-banking haqida maʼlumot berilgan.

JISMONIY SHAXSLAR UCHUN BOʻLIM. Ushbu boʻlimda bank mijozlari uchun foydali maʼlumotlar, shu jumladan hisob ochish, kredit berish, toʻlovlarni amalga oshirish va boshqa operatsiyalar boʻyicha koʻrsatmalar mavjud.

Saytdan Foydalanish shartlari

AT «ALOQABANK» (bundan buyon matnda «Aloqabank» deb yuritiladi) o‘z mijozlari va sayt foydalanuvchilari (bundan buyon matnda «Foydalanuvchi» deb yuritiladi) uchun xizmatlar paketi yoki alohida xizmat sifatida Aloqabankka tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni butunjahon Internet tarmog‘idagi Veb-sayt(-lar)da (bundan buyon matnda «Sayt» deb yuritiladi) joylashtiradi.

  1. FOYDALANISH SHARTLARI VA QOIDALARI
  2. AXBOROT XAVFSIZLIGI
  3. INTELLEKTUAL MULQ HAQIDA MA'LUMOT
  4. JAVOBGARLIK VA KAFOLATNI CHEKLASH
  5. MARKETING
  6. BOSHQA INTERNET-SAYTGA HAVOLALAR
  7. QAYTA ALOQA
  8. SHART VA QOIDALARNI BUZISH

1. FOYDALANISH SHARTLARI VA QOIDALARI Aloqabank foydalanuvchilar tomonidan quyida keltirilgan saytdan foydalanish shartlari va qoidalariga rioya qilishni talab qiladi. Foydalauvchi saytga kirgan va undan keyin istalgan sahifaga o‘tgan paytidan boshlab Saytdan foydalanish shartlari va qoidalariga o‘z roziligini bildirgan hisoblanadi. Aloqabank istalgan vaqtda Saytdan foydalanish shartlari va qoidalarini yangi nashrini chop etish orqali ularni o‘zgartirish huquqiga ega. Barcha o‘zgarishlar barcha Foydalanuvchilar uchun majburiy hisoblanadi. Quyida keltirilgan Saytdan foydalanish shartlari va qoidalari Aloqabankning intellektual, egalik va boshqa mulklarini himoya qilishga qaratilgan.

2. AXBOROTNI MUHOFAZALASH Foydalanuvchi Saytdan foydalanish shartlari va qoidalariga asosan saytda bo‘lgan va undan foydalangan vaqti mobaynida olgan va/yoki foydalangan ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan qonun hujjatlariga rioya etishi shart. Saytdan ruxsatsiz foydalanish taqiqlanadi va huquqbuzarlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin. Ushbu shartlarning talqini va qo‘llanishi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solinadi.

3. INTELLEKTUAL MULK HAQIDA MA’LUMOT Aloqabank yoki uchinchi shaxslarning, hususan, Aloqabankning afillangan shaxslarning tovar belgilari va boshqa intellektual mulklariga bo‘lgan barcha huquqlari o‘z egalarida qoladi. Mazkur Saytdan foydalanishning shartlari va qoidalaridagi biror bir holat intellektual mulkning har qanday turiga bo‘lgan huquqlarni Foydalanuvchiga berish yoki o‘tkazish istagi sifatida talqin qilinmasligi kerak. Foydalanuvchi saytda taqdim etilgan barcha intellektual mulk va uning elementlaridan faqat tanishish maqsadida foydalanishi mumkin. Barcha huquqlar himoyalangan. Foydalanuvchiga saytning istalgan sahifasidagi Aloqabank tomonidan roʻyxatga olingan yoki unga tegishli boʻlgan har qanday maʼlumotlarni faqat shaxsiy foydalanish yoki tanishib chiqish uchun nusxa ko‘chirish, uzatish yoki namoish etish huquqi beriladi, bunday holda, har qanday nusxa, uzatilayotgan ma’lumot yoki qilinayotgan namoyish saytda ko‘rsatilgan asl nusxa bilan bir xil bo‘lgan mualliflik huquqi, tovar belgisi yoki xizmat ko‘rsatish belgisiga ega bo‘lishi lozim. Saytda joylastirilgan ma‘lumotlarni va materiallarni nusxalash, uzatish, namoyish etish, tarqatish, yuklash, litsenziyalash, o‘zgartirish, chop etish, joylashtirish, qayta ishlash, foydalanish, sotish, berish, hosila ishlarini shakllantirish yoki boshqa yo‘llar bilan tijorat yoki ijtimoiy maqsadlarda foydalanish Aloqabankning yozma roziligisiz mumkin emas. Sayt va uning istalgan sahifasida shartlariga rioya qilinishi kerak bo‘lgan boshqa egalik va mualliflik huquqlari to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lishi mumkin. Saytdagi muayyan rasm va ma’lumotlarga uchinchi shaxslarning mualliflik huquqi yoki tovar belgisi bo‘lishi mumkin, va ulardan har qanday shaklda foydalanish uchinchi shaxslarning shartlari va qoidalari bilan tartibga solinadi.

4. JAVOBGARLIK VA KAFOLATNI CHEKLASH SAYTDAGI MA’LUMOTLAR AXBOROT-TANISHUV TUSIDA BO‘LIB, HECH QANDAY ANIQ YOKI NAZARDA TUTILGAN KAFOLATLARSIZ, SHU JUMLADAN TIJORAT QIYMATI, MAQSADGA MUVOFIQLIGI VA FOYDALANUVCHI HUQUQLARINI BUZMASLIK KAFOLATLARISIZ (AMMO BULAR BILAN CHEKLANIB QOLMAY) «QANDAY BO‘LSA, SHUNDAY» TAQDIM ETILADI. Saytda joylashtirilgan ma’lumotlarda texnik noaniqliklar yoki tipografik xatolar bo‘lishi mumkin. Aloqabank vaqti-vaqti bilan, oldindan ogohlantirmasdan, saytdagi ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritadi, shu jumladan, saytda taqdim etilgan mahsulotlar va xizmatlar haqida ma’lumotlarni qo‘shadi, o‘chiradi, yangilaydi yoki o‘zgartiradi. Aloqabank saytda mavjud bo‘lgan xatolar yoki ma’lumotlardagi kamchiliklar va saytda joylashgan ma’lumotlarni yangilash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

5. MARKETING Foydalanuvchi saytga kirishi bilanoq, saytning bannerli konstruksiyasi va boshqa shunga o‘xshash marketing vositalarida reklama ma’lumotlarini olishga rozi bo‘ladi. Taklif etilayotgan mahsulotlar faqat Aloqabankning istagiga binoan va Aloqabank bilan bog‘liq kompaniyalar tomonidan shartnoma yoki boshqa shartlar asosida taqdim etilishi mumkin. Aloqabank uchinchi shaxs kompaniyalarining saytlari yoki reklama vositalarida ko‘rsatilgan mahsulotlar va/yoki xizmatlar uchun javobgar emas.

6. BOSHQA INTERNET-SAYTGA HAVOLALAR Ushbu bandda sanab o‘tilgan veb-saytlar Aloqabank nazorati ostida emas, balki, faqat uchinchi shaxslar tomonidan boshqariladi. Shunga ko‘ra, Aloqabank bunday veb-saytlar borasida hech qanday bayonot bermaydi. Agar Aloqabank uchinchi tomon saytiga havola taqdim etsa, bunday havola Aloqabankning ilgari ko‘rsatilgan veb-saytga, uning egalari yoki yetkazib beruvchilariga nisbatan ruxsati, tasdiqlanishi, homiyligi yoki tegishliligini anglatmaydi. Aloqabank ushbu havolalarni faqat ma’lumot olish va foydalanuvchilarga qulaylik yaratish uchun taqdim etadi. Aloqabank bunday veb-saytlardagi ma’lumotlarni, mahsulotlarni yoki dasturiy ta’minotlarni tekshirmaydi va nazorat qilmaydi, shuning uchun hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. ALOQABANK BIROR BIR HAVOLALI VEB-SAYTDAN FOYDALANGANI UCHUN BEVOSITA, BILVOSITA, MAXSUS YOKI BOSHQA ZARAR YETKAZGANI, SHU JUMLADAN, MA’LUMOTLARINGIZNI QAYTA ISHLASH TIZIMADA HAR QANDAY MA’LUMOT, DASTUR YOKI BOSHQA AXBOROTLARNI YO‘QOLGANLIGI YOKI BOSHQA SABABLAR UCHUN, HATTO BUNDAY ZARAR YETKAZILISHI MUMKINLIGI TO‘G‘RISIDA ANIQ OGOHLANTIRILGAN BO‘LSA HAM, BOSHQA TOMONLAR OLDIDA JAVOBGAR BO‘LMAYDI.

7. QAYTA ALOQA Ushbu Shart va qoidalar ommaviy oferta bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq cheksiz Foydalanuvchilar doirasiga qaratilgan. Aloqabankka yuborilgan har qanday sharhlar, arizalar, savollar, takliflar yoki shunga o‘xshash ma’lumotlar (umumiy «qayta aloqa» deb nomlanuvchi) Aloqabankning mulki hisoblanadi. Aloqabank ma’lumotlarning maxfiyligi to‘g‘risidagi bildirishnoma asosida qayta aloqadan foydalanadi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq uning xavfsizligini kafolatlaydi. Aloqabank bunday qayta aloqaga nisbatan hech qanday qo‘shimcha majburiyatni o‘z zimmasiga olmaydi va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid bo‘lmagan holda, qayta aloqa manbalarini cheklovlarsiz boshqa shaxslarga ko‘rsatishi, qayta ishlashi, foydalanishi, ochishi, namoyish etishi, o‘zgartirishi va tarqatishi mumkin. Bundan tashqari, Aloqabank qayta aloqa tarkibidagi har qanday g‘oya, fikr, nou-xau yoki usullardan istalgan maqsadda, shu jumladan, ammo bu bilan cheklanib qolmagan holda, bunday qayta aloqani o‘z ichiga olgan mahsulotlarni ishlab chiqarilishi va marketingi bilan foydalanishi mumkin. Bank veb-sayti orqali Aloqabankka elektron ko‘rinishda o‘z savollarini yuborgan foydalanuvchi quyidagilarni qabul qiladi va tasdiqlaydi:

  • Qayta aloqada ko‘rsatilgan barcha shaxsiy ma’lumotlar haqiqiy va ishonchli bo‘lib, Foydalanuvchiga tegishli. 
  • Foydalanuvchi o‘z xohish-irodasi va manfaatlarini ko‘zlagan holda erkin harakat qilib, shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga rozilik beradi. 
  • Foydalanuvchi bank xizmatlaridan foydalanish uchun uning shaxsiy ma’lumotlari bank tomonidan maxfiylik va oshkor qilmaslik shartlarini o‘z ichiga olgan shartnomalar tuzgan uchinchi shaxslarga berilishi mumkinligiga o‘z roziligini bildiradi. 
  •  Qayta aloqani to‘ldirish va so‘ralgan (kerakli) hujjatlarni biriktirish Foydalanuvchining bank xizmatlaridan foydalanish istagini anglatadi, ammo Aloqabank tomonidan xizmatlar ko‘rsatilishini anglatmaydi yoki kafolatlamaydi. 
  • Foydalunvchi alohida sabablarga asosan rad javobini olgan taqdirda, Aloqabankka hech qanday shikoyat qilmaslikka so‘zsiz rozi bo‘ladi. 
  • Foydalanuvchi o‘zini voyaga yetgan, muomalaga layoqatli shaxs ekanligini, Bankka ma’lumotlarni taqdim etish uchun qonuniy huquqga egaligini, shuningdek, u taqdim etgan vaqtdagi ma’lumotlar to‘liq va ishonchli ekanligini tasdiqlaydi. 
  • Foydalanuvchi o‘z xohish-irodasi bilan shaxsiy qonuniy maqsadlari va manfaatlari uchun harakat qilayotganini tasdiqlaydi. 
  • Foydalanuvchi Aloqabank saytida Qayta aloqani to‘ldirib va uni Aloqabankka yuborib, ko‘rib chiqish natijalarini Aloqabankdan har qanday usulda va har qanday aloqa kanallari orqali Qayta aloqada ko‘rsatilgan kontakt ma’lumotlariga muvofiq olishga to‘liq va so‘zsiz roziligini bildiradi. 
  • Aloqabank Arizachining shaxsiy ma’lumotlari ruxsatsiz ishlatilishini oldini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Arizachi, Bankka taqdim etilgan ma’lumotlar, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida ko‘rsatilgan hollarda, davlat organlariga berilishi mumkinligiga so‘zsiz rozi bo‘ladi. 
  • Ushbu Kelishuvni bekor qilish uchun foydalanuvchi bank bo‘lonmasiga yozma shaklda berilgan ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. 
  • Agar Foydalanuvchi ushbu qoidalarga va uning shartlariga rozi bo‘lmasa va ularga rioya qilishni istamasa, uning Qayta aloqadagi fikr-mulohazalari ko‘rib chiqilmaydi, va Foydalanuvchi tomonidan biron bir shikoyatga asos bo‘lmaydi. Foydalanuvchi tomonidan nazorat ostida bo‘lmagan dasturiy ta’minot, serverlar, kompyuter tarmoqlarida texnik nosozliklar yoki uchinchi shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari tufayli Arizachining shaxsiy ma’lumotlaridan maqsadsiz foydalanilish mumkinligi uchun Aloqabank javobgar emasligi haqida xabardor qilinadi va bunga rozi bo‘ladi.

8. SHART VA QOIDALARNI BUZILISHI Aloqabank ushbu shartlar buzilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan barcha huquqiy choralarni qo‘llash, shu jumladan muayyan internet manzilidan saytga kirishni bloklash huquqini o‘zida saqlab qoladi. FOYDALANUVCHI SAYTDAN FOYDALANISH SHARTLARI VA QOIDALARINI BUZGAN TAQDIRDA YOKI SAYT TOMONIDAN TAQDIM ETILGAN XIZMATLAR VA MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISH ORQALI ALOQABANKKA YETKAZGAN HAR QANDAY ZARAR, DA’VO VA XARAJATLARNI QOPLASHGA ROZI BO‘LADI.


Valyuta kurslari
  • Ayirboshlash shoxobchasida
  • Zoomrad ilovasida onlayn
  • Bankomatda
Valyuta Sotib olish Sotish MB kursi
USD
12710
12770
12711
EUR
13000
14000
13538.49
GBP
15500
16500
15691.73
JPY
75
95
82.13
CHF
13400
14400
13943.62
RUB
95
140
136.31
23.04.2024 09:00:00 dan ma’lumotlar
Valyuta Sotib olish Sotish MB kursi
USD
12690
12770
12711
23.04.2024 09:00:00 dan ma’lumotlar
Valyuta Sotib olish Sotish MB kursi
USD
12500
12770
12711
EUR
10500
13538.49
23.04.2024 09:00:00 dan ma’lumotlar
Dashbord
Barcha muhim to‘lovlar va oʻtkazmalar bir joyda
Mavjud Google Play Yuklang App Store
«Zoomrad» mobil ilovasi
Barcha bank xizmatlaridan tez foydalnish uchun smartfoningiz bilan QR-kodni skaner qiling
Keshbek
Toʻlovlar va xatto pul oʻtkazmalari uchun qulay keshbek
Mavjud Google Play Yuklang App Store
«Zoomrad» mobil ilovasi
Barcha bank xizmatlaridan tez foydalnish uchun smartfoningiz bilan QR-kodni skaner qiling
Omonatlar
Onlayn omonatlarni oching
va jamgʻarmalaringizni koʻpaytiring
Mavjud Google Play Yuklang App Store
«Zoomrad» mobil ilovasi
Barcha bank xizmatlaridan tez foydalnish uchun smartfoningiz bilan QR-kodni skaner qiling
Korrupsiyaga qarshi kurashish
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Kontakt-markazi 24/7
Ishonch telefoni
Ish tartibi: dushanba-juma 09:00-18:00
Komplayens xizmati telefoni
Sayt menyusi
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X