Bankomatlar modellarga qarab turli xil xizmat imkoniyatlariga ega: pul mablagʻlarini olish va toʻldirish, valyutalarni soʻmga almashtirish. Shuning uchun, bankomatni qidirishda va undan foydalanishda bankomat turiga e'tibor bering.
Bankomatlar va ularning turlari:
А) Cash-out: faqat naqd pul yechish;
B) Cash-in: naqd pul olish va kartalarni toʻldirish;
C) VASH: konversiya va boshqa barcha turdagi operatsiyalar;
Bankomatlardan foydalanish qoidalari:
- Bankomatlar mamlakatimizning turli viloyatlari va shaharlarida joylashgan. Siz oʻzingizga eng yaqin bankomatni bankining «Zoomrad» mobil ilovasida yoki ushbu havola: aloqabank.uz orqali bankning korporativ veb-saytida topishingiz mumkin:
- Bankomatdan foydalanganda atrofga nazar tashlang va xavfsizligingizga ishonch hosil qiling. Shubhali shaxslar boʻlsa, karta va naqd pul bilan operatsiyalarni amalga oshirmang, xavfsiz muhitni kuting;
- Agar bankomat oʻchirilgan boʻlsa, qayta ishga tushirish jarayonida boʻlsa yoki xato yuzaga kelsa, xato bartaraf etilgunga qadar uni ishlatmang. Bank Kontakt markazi bilan +998 71 230-77-77 raqamiga murojaat qiling;
- Kartangizni bankomatning tegishli joyiga kiriting. Kartani kiritishda karta chipining bankomatga qaraganligiga ishonch hosil qiling;
- Har bir bankomatda, bankomat tomonidan xizmat koʻrsatiladigan toʻlov tizimlarining rasmlari mavjud;
- Agar siz PIN-kodni notoʻgʻri kiritgan boʻlsangiz, PIN-kodni toʻgʻri kiritish uchun sizda yana bir urinish qoladi. PIN-kodni uchinchi marta notoʻgʻri kiritganingizda, kartangiz bankomat ichida qoladi;
- Operatsiyani amalga oshirgandan soʻng, kartangizni olishni unutmang. Kartani bankomat tomonidan qaytarib berilgandan va 30 soniya ichida karta chiqarib olinmasa, karta bankomat tomonidan olib qoʻyiladi;
- Bankomatdan pul yechayotganingizda – pulni kerakli joydan olishingiz, yoki joylashtirishingiz lozim. Agar bankomat sizning pulingizni qaytarib bergan boʻlsa, uni iloji boricha tekislash va toʻgʻrilash orqali yana urinb koʻrishingiz kerak. Agar bankomat sizning mablagʻingizni ikkinchi marta qaytargan boʻlsa, iltimos, ularni almashtiring va boshqa kupyuralarni kiriting (ular naqd pul va ularning haqiqiyligi talablariga javob bermaydi);
Agar bankomat pulingizni yana qaytarib bergan boʻlsa keyingi 50 soniya ichida pulni olib qoʻyishingiz kerak bo’ladi. Ushbu soniyalar ichida, agar pulingizni olmagan boʻlsangiz, pullaringiz bankomat ichida qolib ketadi.Pulingizni olish uchun bank xodimlariga murojaat qilishingizga toʻgʻri keladi;
Bankomat ichiga muomaladagi naqd puldan tashqari boshqa narsalarni kiritish mumkin emas. Bir yoki bir nechta pulingizni (100 donagacha) gorizontal ravishda, toʻgʻrilangan va toza shaklda kiritilishingiz talab qilinadi. (bukilmagan, nam emas, iflos emas, qogʻoz qisqichlari, pinlar, elastik tasmalarsiz);
- Agar bankomat sizning mablagʻlaringizni yoki kartangiz bankomat ichida qolib ketgan boʻlsa, iltimos, bankomatda koʻrsatilgan bankning Kontakt markaziga +998 71 230-77-77 raqami orqali murojaat qilishingiz, yoki @aloqabanksavolbot telegram, yoki korporativ pochta: info@aloqabank.uz. orqali bogʻlanishingiz mumkin.