Menyu
Sotuv kanallari
14 Fevral 2024 holatiga ko‘ra
100
Kompleks xizmat koʻrsatish markazlari
240+
Bankomatlar va Infokiosklar
2 010 695+
«Zoomrad» ilovasi foydalanuvchilari
29 566+
«Aloqabusiness» foydalanuchilari
28 147+
E-Pos va Pos terminallar
Bank tarmogʻi
Bank a’zo boʻlgan tashkilotlar
- «Oʻzbekiston banklari Assotsiatsiyasi»
- «O‘zbekiston Respublika valyuta birjasi»
- «Toshkent» Respublika fond birjasi
- «SWIFT» xalqaro toʻlov tizimi
- «VISA» xalqaro toʻlov tizimi
- «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi»
- «Oʻzbekiston lizing beruvchilar uyushmasi»
Missiya
Sodda, qulay va jozibali bank mahsulotlarini tanlash imkoniyatini beruvchi ilg‘or raqamli texnologiyalar integratsiyasi orqali noyob axborot texnologiya yechimlarini yaratish hamda shu yo‘l bilan Bankni moliya bozorida yetakchi IT-kompaniyasiga aylantirish.
Bankning shoʻba korxonalari
- «ALOQA VENTURES» Venchur fondi
- «ALOQA AKTIV» MCHJ
- «ALOQALIZING» MCHJ
Ba3/B1/NP
«Moody's Investors Service» xalqaro reyting agentligi tomonidan berilgan baholash natijalari
- Barcha reytinglar boʻyicha prognoz – «Barqaror»
- Kontragent riskini baholash boʻyicha – Ba3/NP
- Milliy valyutadagi depozitlari boʻyicha – B1/NP
- Хorijiy valyutadagi depozitlari boʻyicha – B1/NP
uzА+
«Axbor-Reyting» milliy reyting agentligi tomonidan berilgan baholash natijalari
- Milliy shkala bo’yicha kreditga layoqatlilik - «uzA+» «Juda yuqori»
- Investitsion faollik bo'yicha - 66,54 ball
Irisbekova Kammuna Narinbayevna
Boshqaruv Raisi v.b.
Qoʻqonboyev Umidjon Abdurahimovich
Boshqaruv Raisining birinchi oʻrinbosari v.b.
Nasretdinova Nasiba Irkinovna
Boshqaruv Raisining oʻrinbosari v.b.
Qurbonov Alisher Samadovich
Boshqaruv Raisining oʻrinbosari v.b.
Maxkamov Farrux Murodovich
Boshqaruv Raisining oʻrinbosari v.b.
O'roqov Jurabek To'ymurodovich
Boshqaruv Raisining oʻrinbosari
Tursunov Oltiboy Umirzakovich
Korporativ biznes rahbari v.b.
2022-yilda
- Dekabr, AT «Aloqabank» va “Dibank” hamkorlik faoliyatini boshladi.
- Oktabr, "AloqaVentures", "IT Park" va "Plug and Play" hamkorligida xalqaro akseleratsiya dasturiga start berildi.
- Oktabr, 24-27 oktabr kunlari Samarqand shahrida “ICT Week - 2022” bo’lib o’tdi.
- Sentabr, AT «Aloqabank» Mirobod XKHKM oldingi manzil - A.Navoiy ko‘chasidan, yangi manzilga - Mirzo Ulug‘bek tumani, Mo‘minov ko‘chasida joylashgan binoga ko‘chib o‘tdi.
- Iyul, AloqaVentures fondi sun’iy intellekt dasturiy ta'minotini ishlab chiqish bo'yicha zypl.ai kompaniyasining investorlaridan biriga aylandi.
- May, AT «Aloqabank» xodimlar o‘rtasida shaxmat va voleybol bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.
- Aprel, Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi" bo’lib o’tdi.
- Mart, AT «Aloqabank» xodimlari o‘rtasida minifutbol (futzal) bo‘yicha sport musobaqalari bo'lib o'tdi.
- Fevral, AT «Aloqabank» va Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi o'rtasida Savdoni moliyalashtirish liniyasi jalb qilish boʼyicha kelishuv imzolandi.
- Fevral, KXKM direktorlari uchun o‘quv-seminari tashkillashtirildi.
2021-yilda
- Avgust, AT «Aloqabank» 2021-yilning 1-avgustdan yangi «Colvir Banking System» avtomatlashtirilgan bank tizimiga o‘tdi.
- Aprel, 2021-yil 12-16 aprel kunlari ushbu haftalik doirasida AT «Aloqabank» xodimlari tomonidan Toshkent viloyatining Toshkent va Bo’stonliq tumanlarida joylashgan maktablarda o’quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan darslar o’tkazildi.
- Fevral, 2021-yil 18-fevral kuni Toshkent moliya institutida tashkillashtirilgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasida o’z tizimida yoshlarga yuqori darajada e’tibor qaratadigan AT «Aloqabank» ham qatnashdi.
- Yanvar, Xodimlar kasb malakasini oshirish bo'yicha o'quv-seminar o'tkazildi.
2020-yilda
- Dekabr, Toshkent shahrida AT «Aloqabank» ning yangi “Sergeli” kompleks xizmatlar ko’rsatish markazi o’z ish faoliyatini boshladi.
- Dekabr, Toshkent shahrida AT «Aloqabank» ning yangi “Bektemir” kompleks xizmatlar ko’rsatish markazi o’z ish faoliyatini boshladi.
- Noyabr, Toshkent shahrida AT «Aloqabank» ning yangi “Poytaxt” kompleks xizmatlar ko’rsatish markazi o’z ish faoliyatini boshladi.
- Oktabr, Toshkent shahrida AT «Aloqabank» ning yangi “Novza” kompleks xizmatlar ko’rsatish markazi o’z ish faoliyatini boshladi.
- Avgust, Buxoro filiali yangi binoga ko'chib o'tdi.
- Iyul, AT «Aloqabank» va O'zbekiston yoshlar ittifoqi o’rtasida hamkorlik memorandum imzolandi.
- Iyun, Farg’ona viloytida AT «Aloqabank» ning yangi “Dang’ara” kompleks xizmatlar ko’rsatish markazi o’z ish faoliyatini boshladi.
- Aprel, AT «Aloqabank» bank kartalarini BEPUL yetkazib berish xizmatini ishga tushirdi!
- Fevral, 22 fevral kuni Toshkentda o'ziga xos tadbir - "Banklararo intellektual liga" o'yinlari bo'lib o'tdi. Musobaqa natijalariga ko'ra Aloqabank jamoasi faxrli 3-o'rinni egalladi. s
- Yanvar, AT «Aloqabank» tomonidan «MIR» to’lov tizimida ishlovchi Uzcard kartalaridan foydalanish yo’lga qo’yildi.
2019-yilda
- Noyabr, AT «Aloqabank» UnionPay International Evrosiyo Mintaqaviy Kengashi a'zolari tarkibiga kirdi.
- Sentabr, ICT Week-2019 ko’rgazmasida Aloqabank yutuqli aksiya tashkil etdi va unda qimmatbaho sovg'alar o’ynaldi.
- Avgust, O’zbekistonda ilk bor AT «Aloqabank» bankomatlari orqali MIR (Rossiya) kartalaridan naqd pul mablag’larini (so’m) yechib olish imkoniyati yo’lga qo’yildi.
- Iyun, Qashqadarydo viloyatida AT «Aloqabank» Filialning yangi binosi ochilishi. 2019-yil Qashqadarydo viloyatida joylashgan filialning yangi binosi ochildi.
- May, 2019 yil 30 may kuni O’zbekiston asalarichilari uyushmasi Toshkent shahri, A.Navoiy ko’chasi, 40-uy manzilida joylashgan binosining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
- Aprel, AT «Aloqabank» va Germaniyaning Commerzbank AG banki o’rtasida loyihalarni Commerzbank AG kredit liniyasi hisobidan uzoq muddatli moliyalash bo’yicha bosh kelishuv imzolandi.
- Aprel, BankExpo-2019 yakunlari bo’yicha, AT «Aloqabank» "Eng yaxshi risk-menejment" nominatsiyasi bo’yicha mukofotlandi.
- Mart, 2019-yilning 15-17 mart kunlari Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumanidagi “Oqtosh” dam olish maskanida AT «Aloqabank» kasaba uyushmasi rahbarlari seminari bo’lib o’tdi.
- Fevral, AT «Aloqabank» da “Mijozlarga xizmat ko’rsatishda biznes jarayonlarni takomillashtirish va bank xizmatlarini samarali sotishni yo’lga qo’yish” mavzusida o’quv treninglar o’tkazildi.
- Yanvar, AT «Aloqabank» UnionPay International xalqaro to'lov tizimining "yil kashfiyoti - 2018" mukofoti bilan taqdirlandi!
2018-yilda
- Dekabr, Toshkent shahrida AT «Aloqabank» ning yangi “Yunusobod” kompleks xizmatlar ko’rsatish markazi o’z ish faoliyatini boshladi.
- Avgust, AT «Aloqabank» xalqaro sifat menejmenti tizimi bo‘yicha ISO 9001:2015 standarti talablariga muvofiq deb topildi!
- Iyul, AT «Aloqabank» naqd va naqdsiz shakldagi mikroqarzni joriy qildi.
- May, 2018 yil 24-26 may kunlari o’tkazilgan “YOSHLAR - O’ZBEKISTON KELAJAGI”shiori ostidagi futbol musobaqasida AT «Aloqabank» jamoasi ham ishtirok etib, bank sharafini munosib himoya qildi.
- Mart, AT «Aloqabank» TengriBank va Dos-Kredobank uchun korrespondentlik hisob raqamlarini ochdi
- Fevral, «Moody’s Investors Service» xalqaro reyting agentligi AТ «Aloqabank» ning B1/B2/NP “Barqaror” reytingini yana bir bor tasdiqladi.
- Yanvar, Bankning “Shayxontohur” kompleks xizmatlar ko’rsatish markazi o’z faoliyatini boshladi.
- Yanvar, AT «Aloqabank» “UzDigital TV” MChJ bilan hamkorlikda aholiga, shu jumladan aholining kam ta’minlangan qatlamlari va pensionerlarga raqamli teleeshittirishlarni qabul qiluvchi televizorlar, tyunerlar va boshqa raqamli teleeshittirishlarni qabul qiluvchi qurilmalarni harid qilish maqsadida iste’mol kreditlarini taqdim qildi.
2017-yilda
- Yanvar - 2016 yil yakunlariga ko’ra aholi bosh pul mablag’larini banklardagi omonatlarga jalb qilish boyicha tanlov o’tkazildi. Ushbu tanlovda AТ “Aloqabank” “Xorijiy valyutadagi eng yaxshi jamg’arma omonati” nominatsiyasida g’olib deb topildi va bankning Buxoro filiali nazoratchi kassiri “Shahar joyda joylashgan eng yaxshi jamg’arma kassa” nominatsiyasida g’oliblikni qo’lga kiritdi.
- Fevral - Rossiyaning yirik banki Alfa-bank bilan hamkorlik munosabatlari o’rnatildi.
- May - AT "Aloqabank" jamoasi ayollar voleyboli bo'yicha baklararo musobaqalarda faxrli 2-o’rinni egalladi.
- May - Bank “Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar” 10 – Respublika yarmarkasida faol ishtirok etdi.
- Iyun - Bank «Uzbekistan Agrotech Expo-2017» hamda «Uzbekistan Agromash Expo-2017» ko‘rgazmalarida faol ishtirok etdi.
- Iyun - AТ “Aloqabank” yana bir bor “Хalqaro bolalar himoya qilish; kuni”ga bag’ishlangan bayram tadbirlarini o’tkazdi.
- Sentabr - Jismoniy shaxslarga overdraft krediti joriy etildi.
- Noyabr - Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun konversiya xizmati joriy etildi.
- Noyabr - O’zbekiston Respublikasi Тiklanish va Тaraqqiyot Jamg’armasi AТ “Aloqabank” aksiyalarini sotib oldi.
- Noyabr - AТ “Aloqabank” O’zbekiston Asalarichilari Uyushmasi hamkorligida Asal bayrami va asal mahsulotlari ko’rgazma yarmarkasi tashkillashtirdi.
- Dekabr - AT «Aloqabank» va «Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiya Markazi o’rtasida Hamkorlik to’g’risidagi Memorandum imzolandi.
2016-yilda
- Yanvar - P2P plastik kartalararo pul o’tkazmalari joriy etildi.
- Yanvar, Bank tomonidan kreditlarni infokiosklar orqali to’lash xizmati joriy etildi.
- Fevral, 2015 yil yakunlariga ko’ra aholi bosh pul mablag’larini banklardagi omonatlarga jalb qilish boyicha tanlov o’tkazildi. Ushbu tanlovda AТ “Aloqabank” Navoi filiali «Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo'yicha yilning eng yaxshi filiali» nominatsiyasida g’olib deb topildi.
- Fevral, «Moody's Investors Service» xalqaro reyting agentligi aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”ning B1/B2/NP “Barqaror” reytingini yana bir bor tasdiqladi.
- Aprel, AТ “Aloqabank” «Bank EXPO – 2015» - bank texnologiyalari, uskunalari va xizmatlari yillik milliy ko’rgazmasi istirok etdi.
- May, Bank “Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar” VII – Respublika yarmarkasida faol ishtirok etdi.
- Iyun, AТ “Aloqabank” yana bir bor “Хalqaro bolalar himoya qilish kuni”ga bag’ishlangan bayram tadbirlarini o’tkazdi.
- Iyun, AТ “Aloqabank”ning 2015 yil faoliyati yakunlari bo’yicha umumiy aksiyadorlar yig’ilishi o’tkazildi.
- Iyul, AT “Aloqabank” xodimi O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan «Yosh mutaxassislar» IV respublika forumi doirasida o’tkazilgan “Eng faol yosh bank xodimi” tanlovining respublika bosqichi uchinchi o’rinni egalladi.
- Avgust, O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan omonatchilarga maxsus sovg’alar topshirildi.
- Avgust, AT “Aloqabank” xodimlaridan bir guruhi “O’zbekiston Mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishonlari va AT “Aloqabank”ning Faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.
- Sentabr, AT "Aloqabank" ayollar voleyboli bo'yicha filiallararo musobaqalar o'tkazdi.
- Sentabr, “ICT Expo – 2016” an’anaviy axborot texnologiyalari milliy ko’rgazmasida AT “Aloqabank” faol tarzda ishtirok etdi.
- Oktabr, Aholi omonatlari bilan ishlash dasturining yangilangan versiyasi ishga tushirildi.
- Noyabr, AT “Aloqabank” Boshqaruvi Raisining virtual qabulxonasi ishga tushirildi.
- Noyabr, Kredit to’lovlarini mobil ilova orqali amalga oshirish xizmati joriy etildi.
- Dekabr, Bank o’z faoliyatida “E-Kontrakt 2” dasturi ishga tushirdi.
- Dekabr, "Deloitte&Touche” xalqaro auditorlik tashkiloti AT “Aloqabank”ning korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholashdan o’tkazdi.
2015-yilda
- Yanvar, 2014 yil yakunlariga ko’ra aholi bosh pul mablag’larini banklardagi omonatlarga jalb qilish boyicha tanlov o’tkazildi. Ushbu tanlovda AТ “Aloqabank” “Aholi uchun eng yaxshi innovatsion mahsulot” nominatsiyasida, Хorazm filiali esa “Shaharlarda aholi omonatlarini yig’ish bo’yicha eng yahshi filial” nominatsiyasida g’olib chiqdi.
- Yanvar, «Moody's Investors Service» xalqaro reyting agentligi aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”ning B1/B2/NP “Barqaror” reytingini yana bir bor tasdiqladi.
- Yanvar, Jismoniy shaxslarga“Uzcard” yangi mobil xizmati joriy qilindi.
- Mart, «Bank EXPO – 2015» - bank texnologiyalari, uskunalari va xizmatlari yillik milliy ko’rgazmasi yakunlariga ko’ra, AТ “Aloqabank” “Eng yaxshi texnik jihozlangan stend” nominatsiyasida g’olib chiqdi.
- Aprel, 11-12 aprel kunlari AT “Aloqabank” Тoshkent shahrida Bosh ofis, Amaliyot boshqarmasi va 13 regional filiallari xodimlari orasida mini-futbol (futzal) bo’yicha musobaqalar o’tkazildi.
- Aprel, AТ “Aloqabank” IX-Banklararo sportakiadada aktiv tarzda ishtirok etdi.
- May, Хitoyning yirik banklaridan bittasi – “Bank of China” bilan korrespondendlik munosobatlar ornatildi.
- May, Bank “Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar” VII – Respublika yarmarkasida faol ishtirok etdi.
- Iyun, AТ “Aloqabank” yana bir bor “Хalqaro bolalar himoya qilish kuni”ga bag’ishlangan bayram tadbirlarini o’tkazdi.
- Iyun, 29 iyun kuni AТ “Aloqabank”ning 2014 yil faoliyati yakunlari bo’yicha umumiy aksiyadorlar yig’ilishi bo’lib o’tdi.
- Sentabr, 15-17 sentabr kunlari AТ “Aloqabank” «ICT Expo – 2015» - axborot texnologiyalari milliy ko’rgazmasida faol ishtirok etdi.
- Oktabr, Bank o’z mijozlariga yangi daromadli milliy valyutada “Oltin kuz” muddatli omonatini taqdim qildi.
- Noyabr, AТ “Aloqabank” Тoshkent shahrida bo’lib o’tgan “Хalqaro investitsion forum”da ishtirok etdi.
- Noyabr, Bank anketa tadqiqotlari tizimini joriy qildi.
- Noyabr, 21 noyabr kuni AТ “Aloqabank” Bosh ofis, Amaliyot boshqarmasi va 13 regional filiallari xodimlari orasida voleybol bo’yicha musobaqalar bo’lib o’tdi.
- Dekabr, “O’zbekiston – Germaniya Do’stlik jamiyati” tashkillashtirgan “Breyn – ring” intelektual oyinida AТ “Aloqabank” aktiv tarzda ishtirok etdi hamda g’olib chiqdi.
2014-yilda
- Yanvar, 2013 yil yakunlariga ko’ra aholi bo’sh pul mablag’larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo’yicha tanlov o’tkazildi. Ushbu tanlovda AT “Aloqabank” Navoiy filiali “Qishloq joylarda omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi filiali” nominatsiyasida go’lib chiqdi.
- Yanvar, Moody’s xalqaro reyting agentligi aksiyadorlik tijorat «Aloqabank»ning E+/B1/B2/Not Prime; «barqaror» reytingini yana bir bor tasdiqladi.
- Yanvar, Jismoniy shaxslarga “Uzcard” yangi mobil xizmati joriy qilindi.
- Mart, AT “Aloqabank” zamonaviy andozalarda tuzilgan, yangi funksiyalar bilan to’ldirilgan web-saytini ishga tushirdi
- Aprel, AT “Aloqabank” «Bank EXPO – 2014» - bank texnologiyalari, uskunalari va xizmatlari yillik milliy ko’rgazmasida faol ishtirok etdi.
- Aprel, 2014 yilning 23-25 aprelkunlari Bank “Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar” VII-Respublika yarmarkasida faol ishtirok etdi.
- May, 3-4 may kunlari AT “Aloqabank” Samarqand shaxrida Bosh ofis, Amaliyot boshqarmasi va 12 filliallar o’rtasida mini-futbol (futzal) bo’yicha musobaqalar o’tkazdi.
- May, AT “Aloqabank” IX – Banklararo mini-futbol (futzal) bo’yicha turnirda faol ishtirok etdi va sharafli 3 – o’rinni zavqetdi.
- May, 23 may kuni AT “Aloqabank”ning 2013 yildagi faoliyati yakunlari bo’yicha umumiy aksiyadorlik yig’ini bo’lib o’tdi.
- Iyun, 2 iyun kuni AT “Aloqabank”da “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag’ishlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
- Iyul, Bank o’z mijozlariga yangi jozibador muddatli “Xazina” nomli milliy valyutadagi omonatni taqdim qildi.,
- Avgust, Xitoyning “Agricultural Bank of China” banki bilan homkorlik aloqalari o’rnatildi.
- Sentabr, 24-26 sentabr kunlari AT “Aloqabank” «ICT Expo-2014» - axborot texnologiyalar milliy ko’rgazmasida faol ishtirok etdi.
- Oktabr, 2 oktabr kuni AT “Aloqabank”ning 900 million dona aksiyalari butunlay joylashtirildi.
- Noyabr, 22 noyabr kuni AT “Aloqabank” Bosh ofisi, Amaliyot boshqarmasi va filiallari orasida ayollar voleyboli bo’yicha musobaqalar bo’lib o’tdi.
2013-yilda
- Yanvar, 2012 yil yakunlariga ko’ra aholi bo’sh pul mablag’larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo’yicha tanlov o’tkazildi. Ushbu tanlovda OAT “Aloqabank” Jizzax filialining Markaziy kassasi “Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi jamg’arma/maxsus kassasi” nominatsiyasida ikkinchi o’rinni oldi.
- Yanvar, Toshkent shahrida OAT "Aloqabank"ning Shayxontohur minibanki o'z faoliyatini boshladi.
- Fevral, Moody’s xalqaro reyting agentligi ochiq aksiyadorlik tijorat «Aloqabank»ning E+/B1/B2/Not Prime; «barqaror» reytingini yana bir bor tasdiqladi.
- Mart, bank aholiga yangi milliy valyutadagi "Hamyon 2" nomli daromadli jamg'arma omonatini joriy etdi.
- Aprel, «Bank EXPO – 2013» - bank texnologiyalari, uskunalari va xizmatlari yillik milliy ko'rgazmasi yakunlariga ko'ra, OAT “Aloqabank” “Eng yaxshi texnik jihozlangan stend” nominatsiyasi g'olibi, Farg'ona filiali esa "Tadbirkorlarni moliyaviy qo'llab-quvvatlayotgan eng yaxshi hududiy bank filiali" nominatsiyasi g'olibi bo'ldi.
- May, bank 2013 yilning 3-5 may kunlari Toshkent shahrida tashkil etilgan “Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar” VI-Respublika yarmarkasida faol ishtirok etdi.
- May, 12-13 may kunlari OAT “Aloqabank”ning filiallar, boshqarma va bo'lim jamoalari o'rtasida mini-futbol (futzal) bo'yicha “Mustaqillik kubogi” musobaqalari bo'lib o'tdi.
- May, 24-25 may kunlari OAT “Aloqabank”ning Bosh ofisi, Amaliyot boshqarmasi va filiallar jamoalari o'rtasida ayollar volleyboli bo'yicha “Mustaqillik kubogi” musobaqalari bo'lib o'tdi.
- Iyun, 9-10 iyun kunlari OAT "Aloqabank" xodimlari aloqa sohasi korxonalari o'rtasida tashkil etilgan "Oilaviy spartakiada" musobaqasida faol ishtirok etdi.
- Sentabr, Asia-Invest Bank bilan hamkorlik munosobatlari o’rnatildi
- Sentabr, 26-28 sentabr kunlari Toshkent, Navoiy va Termizda “ICT Expo-2013” axborot texnologiyalari milliy ko'rgazmasida OAT "Aloqabank" ham faol ishtirok etdi.
- Oktabr, jismoniy shaxslarga mo’ljallangan «CLICK» mobil xizmati joriy qilindi
- Oktabr, OAT “Aloqabank” «Mbank» mobil xizmati joriy qildi
- Oktabr, Nukus shahrida OAT “Aloqabank”ning Qoraqalpog'iston filiali yangi zamonaviy binoga ko'chib o'tdi.
- Dekabr, Urganch shahrida OAT “Aloqabank”ning Xorazm filiali yangi zamonaviy binoga ko'chib o'tdi.
2012-yilda
- Yanvar, 2011 yil yakunlariga ko’ra aholi bo’sh pul mablag’larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo’yicha tanlov o’tkazildi. Ushbu tanlovda AT “Aloqabank” “Aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi banki” nominatsiyasi g’olibi, “Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi jamg’arma/maxsus g’aznasi” nominatsiyasida esa AT “Aloqabank”ning Navoiy filiali tarkibidagi Markaziy jamg’arma kassa.
- Fevral, Toshkent shahrida OAT “Aloqabank”ning yangi Mirobod filiali, Farg'ona viloyati Qo'qon shahrida esa Qo'qon filiali o'z faoliyatini boshladi.
- Aprel, Moody’s xalqaro reyting agentligi ochiq aksiyadorlik tijorat «Aloqabank»ning E+/B1/B2/Not Prime; «barqaror» reyting bahosini yana bir bor tasdiqladi.
- Aprel, «Bank EXPO – 2012» - bank texnologiyalari, uskunalari va xizmatlari yillik milliy ko'rgazmasi yakunlariga ko'ra, ochiq aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” “Eng yaxshi reklama kompaniyasi” nominatsiyasi g'olibi bo'ldi.
- May, bank 2012 yilning 3-5 may kunlari Toshkent shahrida tashkil etilgan “Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar” V-Respublika yarmarkasida faol ishtirok etdi.
- May, 2012 yilning 12-13 may kunlari OAT “Aloqabank”ning filiallar, boshqarma va bo'lim jamoalari o'rtasida poytaxtimizdagi “O'zbekiston” sport majmuasida mini-futbol (futzal) bo'yicha “Mustaqillik kubogi” musobaqalari bo'lib o'tdi.
- Iyun, 2012 yilning 9-10 iyun kunlari Samarqand shahridagi OAT “Aloqabank”ning Bosh bank, Amaliyot boshqarmasi va filiallar jamoalari o'rtasida ayollar volleyboli bo'yicha “Mustaqillik kubogi” musobaqalari bo'lib o'tdi.
- Sentabr, 2012 yilning 26-28 sentyabr kunlari bir paytning o'zida Toshkent, Navoiy va Termizda “ICT Expo-2012” axborot texnologiyalari milliy ko'rgazmasida OAT "Aloqabank" ham faol ishtirok etdi.
- Oktabr, Termiz shahrida OAT “Aloqabank”ning Surxondaryo filiali yangi zamonaviy binoga ko'chib o'tdi.
- Dekabr, 2012 yilning dekabr oyida Toshkent shahrida OAT "Aloqabank"ning birinchi chakana bank xizmatlari markazi o'z faoliyatini boshladi.
2011-yilda
- Yanvar, O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasida o’tkazilgan "Aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha tijorat banklari hamda ularning filiallari, minibanklari va maxsus/jamғarma kassalari o’rtasida 2011 yil yakunlariga ko’ra navbatdagi tanlov"da OAT "Aloqabank" "Aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha 2011 yilning eng yaxshi banki" nominatsiyasida 1-o’rinni egalladi va 1-darajali diplom hamda qimmatbaho sovrin bilan taqdirlandi. "Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi jamғarma/maxsus ғaznasi" nominatsiyasida Navoiy filialining Markaziy jamғarma kassasi 2-o’rinni egalladi va 2-darajali diplom hamda qimmatbaho sovrin bilan taqdirlandi.
- Aprel, Moody’s xalqaro reyting agentligi ochiq aksiyadorlik tijorat «Aloqabank»ning reyting bahosini B1/NP/E+; «barqaror» darajasida yana bir bor tasdiqladi.
- Aprel, «Bank EXPO – 2011», bank texnologiyalari, uskunalari va xizmatlari yillik milliy ko’rgazmasi yakunlariga ko’ra, ochiq aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”i “Eng yaxshi stend dizayni” nominatsiyasi ғolibi bo’ldi.
- May, 2011 yilning 20-22 may kunlari OAT “Aloqabank”ning hududiy filiallari, mustaqil boshqarmasi va bo’lim jamoalari o’rtasida Chirchiq olimpiya zahiralari sport majmuasi zalida mini-futbol (futzal) bo’yicha “Mustaqillik kubogi” musobaqasi bo’lib o’tdi.
- May, OAT «Aloqabank»ning Namangan filiali yangi binoga ko’chib o’tdi.
- Iyun, 2011 yil - “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan OAТ “Aloqabank” oliy o’quv yurtlari talabalari va kollej o’quvchilari o’rtasida «Talabalarning eng yaxshi innovatsion loyihasi» tanlovi o’tkazildi.
- Iyun, Buxoro shahridagi Olimpiya zaxiralari kolleji manejida OAT “Aloqabank”ning Bosh bank, Amaliyot boshqarmasi va hududiy filiallar jamoalari o’rtasida ayollar volleyboli bo’yicha “Mustaqillik kubogi” musobaqasi bo’lib o’tdi.
- Avgust, 2011 yil - “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan ochiq aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida «Eng yaxshi innovatsion loyiha» tanlovi o’tkazildi.
- Avgust, Mamlakatimiz Mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan Qo’qon shahrida OAT “Aloqabank”ning yangi Qo’qon filiali zamonaviy binoda faoliyatini boshladi.
- Avgust, Mamlakatimiz Mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan OAT “Aloqabank” Samarqand filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
- Oktabr, Toshkent shahrida OAT “Aloqabank”ning yangi Mirobod filiali zamonaviy binoda faoliyatini boshladi.
2010-yilda
- Yanvar, yilda aholining omonatlarini jalb qilish bo’yicha respublika tijorat banklari o’rtasida o’tkazilgan tanlovda: Bankning Jizzax filialining 2 – sonli jamg’arma kassasi “Shaxarlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi jamg’arma kassasi” asosiy nominatsiyasida birinchi o’ringa sazovor bo’ldi. Bankning Тoshkent shahar Amaliyot boshqarmasining «Mirobod» mini-banki «Shaxarlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi mini banki» asosiy nominatsiyasida ikkinchi o’rinni egalladi. Bankning Buxoro filiali «Shaxarlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi filiali» asosiy nominatsiyasida ikkinchi o’rin g’olibi deb topildi. Ushbu nominatsiya Buxoro filiali uchun ikkinchi marotaba berilishi. «Barqaror» nomli omonat turi «Хorijiy valyutada eng yaxshi muddatli depozit» qo’shimcha nominatsiyasi g’olibi bo’ldi.
- Mart, Bank mutaxassislari poytaxtning «O’zekspomarkaz» da bo’lib o’tgan III Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyi¬halar respub¬lika yarmarkasida faol ishtirok etishdi. Ushbu tadbir davomida bank va akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O’simliklar dunyosi Kimyo instituti o’rtasida hamkorlik to’g’risida Memorandum tuzildi.
- Mart, «Barkamol avlod yili» Davlat dasturiga muvofiq hamda bankning 15 yilligi munosabati bilan OAТ “Aloqabank” filialari xodimlari o’rtasida Chirchiq olimpiya zahiralari sport majmuasi zalida mini-futbol (futzal) bo’yicha turnir tashkil etildi
- Aprel, BANKEXPO-2010 bank texnologiyalari, jihozlar va xizmatlar yillik milliy ko’rgazmasining «Eng yaxshi o’tkazilgan reklama kompaniya» nominatsiyasi g’olibi
- May, Bank aksiyadorlarining yillik umumiy yig’ilishi bo’lib o’tdi. Bank Kengashining yangi tarkibi saylandi va Bank aksiyalarning navbatdagi 16-emissiyasini e’lon qildi.
- Iyul, Bank O’zbekiston Lizing beruvchilar assotsiatsiyasi a’zosi bo’ldi
- Avgust, Bankning 15 yilligi munosabati bilan Samarqand shahrida bank filialarining ayollari o’rtasida voleybol bo’yicha turnir tashkil etildi. «Yunistrim» halqaro pul o’tkazmalar tizimi bank filiallarida joriy etildi.
- Sentabr, «ICTExpo-2010» informatsion texnologiya¬lar yillik milliy ko’rgazmasining «Eng yaxshi ko’rgazma stendi» nominitsiyasi g’olibi. Jismoniy shahslar uchun mo’ljalangan «Internet-banking» yangi xizmatini tadbiq etdi.
- Noyabr, OAТ «Aloqabank» 15 yilligi munosabati bilan Kooperatsion birja ko’rinishida ko’rgazma o’tkazildi. Ko’rgazmada OAТ «Aloqabank» mijozlari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar va bank tomonidan mijozlarga, jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ko’rsatilayotgan xizmatlar taqdim etildi. Ko’rgazma davomida turli aksiyalar, seminarlar, suhbat davralar va viktorinalar tashkil etildi.
- Noyabr, «O’zbekiston Germaniya» Do’stlik Jamiyati orqali Bank mutaxassis-larini 8 nafari malakasini oshi¬rish va jaxon banklarning taj¬ri¬ba¬larini o’rganish maqsadida Germaniya dav¬latiga yubo¬rildi.
- Dekabr, Umumiy miqdori 50,0 mlrd. so’mlik depozit sertifikatlar to’liq joylashtirilib, 100,0 mlrd. so’mlik muddati 6 oydan 3 yil¬gacha bo’lgan yuridik shaxslar uchun mo’ljallangan depozit sertifikatlar muomalaga chiqarildi.
- Dekabr, OAТ «Aloqabank» Namangan filia¬liga yangi bino qurib bit¬kazildi va ish faoliya¬tini boshladi.
2009-yilda
- Dekаbr, Jizzаxdа O‘zbekiston Bаnklаri Аssotsiаtsiyasi, Mаrkаziy bаnk vа Savdo-sаnoаt pаlаtаsi tomonidаn tаshkil etilgаn bаnklаrаro ko‘rgаzmа o‘tkаzildi.
- Noyabr, «Do’stlik» minibаnkining ochilishi bilаn nаfаqаt bаnk xizmаtlаri turi, bаlki jismoniy vа yuridik mijozlаrning soni hаm oshmoqdа.
- Oktyabr, Qo‘qondа «Qo’qondehqonbozori» bozori qаytа tа’mirlаndi. Shuningdek, ushbu bozor xududidа «Havoqand» deb nomlаnuvchi yangi mini bаnk ochildi.
- Sentyabr, OАT «Аloqаbаnk» Toshkent vа Nukus shаhаrlаridа o‘tkаzilgаn ICTExpo-2009 Аxborot texnologiyalаri ko‘rgаzmаsidа ishtirok etdi.
- Аvgust, Аndijon shаhridа yangi minibаnk ochildi.
- Аvgust, 2009 yil 8 аvgustdа OАT «Аloqаbаnk» «Biznes uchun omonаtlаr vа kreditdаr» ko‘rgаzmа-seminаridа ishtirok etdi.
- Аvgust, 34 mlrd.so‘m miqdoridа Ustаv kаpitаli shаkllаntirildi.
- Mаy, OАT «Аloqаbаnk» yangi logotipining tаqdimoti birinchi bor OАT «Аloqаbаnk» аktsiyadorlаrining umumiy mаjlisidа tаqdim etildi. Bаnkning firmа usulini shаkllаntirish bo‘yichа brendbuk ishlаb chiqildi.
- Mаy, O‘zbekiston Respublikаsi Mаrkаziy bаnki Boshqаruvining 2009 yil 30 аpreldаgi 13/1-son qаrorigа аsosаn Аktsiyadorlik tijorаt «Аloqаbаnk»ning nomi ochiq turdаgi аktsiyadorlik tijorаt «Аloqаbаnk»gа o‘zgаrtirildi.
- Аprel, 2009 yil 17 аpreldа Moody’s Investors Service Аgentligi Ochiq аktsiyadorlik tijorаt «Аloqаbаnk»ning moliyaviy turg’unlik (RFUB) E+ xаlqаro reytingini tаsdiqlаdi.
- Mаrt, «Аloqаbаnk» АK «BANKEXPO 2009» Milliy ko‘rgаzmаsidа fаol ishtirok etdi vа «Eng ko‘p tаshrif buyurilgаn stend» nominаtsiyasi bo‘yichа g’olib bo‘ldi.
- Fevrаl. Bаnk Kengаshining 2009 yil 10 fevrаldаgi qаrorigа аsosаn yuridik shаxslаr uchun 50 mlrd.so‘m miqdoridа, joylаshtirish muddаti 6 oydаn 3 yilgаchа bo‘lgаn muddаtli depozit sertifikаtlаrini chiqаrish bo‘yichа 13-emissiya e’lon qilindi.
- Yanvаr, «Аloqаbаnk» АK Overdrаft deb nomlаnuvchi qisqа muddаtli kreditning tаqtimotini o‘tkаzdi, shuningdek, аloqа sohаsidа fаoliyat yurituvchi tаshkilotlаr: O‘zbekiston аloqа vа аxborotlаshtirish аgentligi, EMMM, DАI, «O‘zbekiston pochtаsi» АK, «Mаbuot tаrqаtuvchi» АK uchun yangi bаnk xizmаtlаrini tаqdim etdi.
2006-yilda
- May, Travellex Express bilan xamkorlik munosabatlarini o’rnatilishi. 2006 yil 5 mayda AQSH dollarida pul o’tkazmalari amalga oshiruvchi Travellex Express kompaniyasi bilan shartnoma tuzildi.
2005-yilda
- avgust, Bankning Jizzax filiali ochilishi. 2005 yil 30 avgustda Jizzax shahrida Bankning Jizzax filiali ochildi.
2004-yilda
- iyul, Bankning Farg’ona filiali ochilishi. 2004 yil 23 iyulda Farg’ona shahrida Bankning Farg’ona filiali ochildi.
- sentabr, Bankning Navoiy filiali ochilishi. 2004 yil 30 oktabrda Navoiy shahrida Bankning Navoiy filiali ochildi.
2003-yilda
- fevral, Commerzbank bilan vakillik munosabatlarini o’rnatilishi. 2003 yil fevralda Germaniya Commerzbank AG bilan EVRO va AQSH dollarida vakillik munosabatlari o’rnatildi. Hozirgi kunda o’zaro hujjatlar almashinuvi jadal olib borilmoqda.
2002-yilda
- noyabr, WESTERN UNION pul o’tkazmalari bilan hamkorlik aloqalari o’rnatildi. 2002 yil 11 noyabrda 15 daqiqa ichida butun dunyo bo’yicha AQSH dollarida pul o’tkazmalarini amalga oshirish uchun WESTERN UNION kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi.
- sentabr, “Banklarda aholi omonatlarini kafolatlash” fondiga a’zo bo’lishi. 2002 yil 5 apreldagi O’zbekiston Respublikasining “Banklarda aholi omonatlarini kafolatlash to’g’risida”gi qonunini amalga oshirish maqsadida “O’zbekiston Respublikasi Banklarida aholi omonatlarini kafolatlash” fondi tashkil etildi. 2002 yil 19 sentyabrda AT “Aloqabank” fondning doimiy a’zosi bo’ldi.
- sentabr, Bankning Qashqadaryo filiali ochilishi. 2002 yil 16 sentyabrda Qarshi shahrida Bankning Qashqadaryo filiali ochildi.
- yanvar, Bankning Samarqand filiali ochilishi. 2002 yil 18 yanvarda Samarqand shahrida Bankning Samarqand filiali ochildi.
2001-yilda
- sentyabr, SWIFT Xalqaro to’lov tizimiga a’zo bo’lishi. 2001 yil sentyabrida bank SWIFT Xalqaro to’lov tizimiga qo’shildi va uning a’zosi bo’ldi.
- avgust, Bankning Surxondaryo filiali ochilishi. 2001 yil 21 avgustda Termiz shahrida Bankning Surxondaryo filiali ochildi.
- iyun, Bankning Universal Bankga aylantirilishi. Aloqa va telekommunikasiya sohasiga aloqador bo’lmagan korxona va tashkilotlar hisobiga mijozlar bazasining jadal suratlarda oshishi Maxsus Bankdan Universal Bankga o’zgarishiga sabab bo’ldi. 2001 yil 23 iyunda avvalgi bosh litsenziya o’rniga O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Bank nomiga o’zgartirishlar (MATB “Aloqabank” ATB “Aloqabank” ga almashtirildi) kiritilgan boshqasi berildi.
2000-yilda
- iyun, Bankning Buxoro filiali ochilishi. 2000 yil 2 iyunda Buhoro shahrida Bankning Buhoro filiali ochildi.
1998-yilda
- avgust, Bankning Andijon filiali ochilishi. 1998 yil 26 avgustda Andijon shahrida Bankning Andijon filiali ochildi.
- avgust, Nyu-Yorkning JP Morgan Chase Banki bilan vakillik munosabatlarini o’rnatilishi. 1998 yil avgustda AT “Aloqabank” AQSH dollarida to’lovlarni amalga oshirish uchun AQSHning JP Morgan Chase Banki bilan vakillik munosabatlari o’rnatildi.
1997-yilda
- oktyabr, Bankning Namangan filiali ochilishi. 1997 yil 30 oktyabrda Namangan shahrida Bankning Namangan filiali ochildi.
- O’zbekiston Respublikasi Valyuta birjasining a’zosi. 1997 yil Bank O’zbekiston Respublikasi Valyuta birjasining qatnashchisi sifatida faoliyatini bo’shladi. Birjada qatnashish mijozlarning pul mablag’larini konvertasiya qilish, hamda valyuta ayriboshlash shaxobchalarida savdoni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
- Bankning Xorazm filiali ochilishi. 1997 yil 29 iyulda Urganch shahrida Bankning Xorazm filiali ochildi.
- Rossiya banki “Связь Банк” bilan vakillik munosabatlarini o’rnatilishi. 1997 yil iyunda ijtimoiy to’lovlar bo’yicha Rossiya rublida “Связь Банк” bilan vakillik munosabatlari o’rnatildi.
1996-yilda
- avgust, Valyuta amaliyotlarini amalga oshirish bosh litsenziyasi qo’lga kiritildi. 21 avgustda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan AT “Aloqabank”da valyuta amaliyotlarini amalga oshirish bosh litsenziyasi ro’yxatga olindi.
- may, Bankning Qoraqolpog’iston filiali ochilishi. 1996 yilda Bank Kengashi qaroriga asosan Qoraqolpog’iston Respublikasi Nukus shahrida Bankning birinchi filiali ochildi. 1996 yil 24 mayda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Qoraqolpog’iston filiali bank amaliyotlarini amalga oshirish litsenziyasi berildi.
1995-yilda
- 1995 yil mart, Bankning ochilishi. 1995 yil 22 martda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ro’yxatga olindi va bank amaliyotlarini amalga oshirish bosh litsenziyasi berildi. Bu sana bankning ochilish kuni hisoblanadi. Dastlab bank Maxsus Aksioner-Tijorat Banki (MATB ) “Aloqabank” deb nomlangan.
1994-yilda
- 1994 yil oktyabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori. 1994 yil 12 oktyabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida telekommunikasiya tarmoqlari ishini sifatini oshirish va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 502 – sonli qaroriga asosan, 2 mln. so’m ustav fondi bilan Respublika aksiyadorlik-tijorat “Aloqabank” tashkil etish to’grisida qaror qabul qilindi.
Matbuot markazi
Barcha kategoriyalar
E’lonlar
1 Noyabr 2024 / 09:00
Zoomrad mobil ilovasida kartadan kartaga pul o'tkazmalari (P2P) shartlariga o'zgartirishlar kiritild...
Yangiliklar
22 Oktyabr 2024 / 10:00
UZCARD jamoasini 20 yillik yubileyingiz bilan samimiy tabriklaymiz!
Yangiliklar
21 Oktyabr 2024 / 10:00
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin dildan tabriklaymiz!
Yangiliklar
18 Oktyabr 2024 / 10:00
AloqaBank Jizzax HKXKM xodimlari uchun Toshkent shahriga qiziqarli madaniy sayohat tashkil etildi.
Yangiliklar
17 Oktyabr 2024 / 10:00
AOKAda davlat organlari axborot xizmatlari uchun Meta kompaniyasi ishtirokida o‘quv-seminar o‘tkazil...
E’lonlar
16 Oktyabr 2024 / 14:12
Bektemir kompleks xizmatlar ko'rsatish markazi ish faoliyatini yakunladi!
Yangiliklar
16 Oktyabr 2024 / 10:00
“Banks&Business Expo2024” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.
E’lonlar
2 Oktyabr 2024 / 09:00
Shodiyona kompleks xizmatlar ko'rsatish markazi ish faoliyatini yakunladi!
- Ulashish: