AloqaBankda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi
13-oktyabr kuni bank bosh ofisi va hududiy bo‘linmalari rahbarlari hamda xodimlari ishtirokida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik va odob-axloq qoidalariga rioya etish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Unda korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun javobgarlik, xizmat faoliyatida halollik va xolislikni ta’minlash, shuningdek, noqonuniy qimor o‘yinlari, bukmekerlik faoliyati va noqonuniy platformalar orqali kriptoaktivlar savdosida ishtirok etish xavflari tushuntirildi.
Seminar xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda bank faoliyatida halollik va qonuniylik tamoyillarini mustahkamlashga qaratildi.