Hisobraqam ochish
Xizmat tannarxi - bepul.
Taqdim qilinadigan hujjatlar:
- Ariza;
- Imzo namunalari izi tushirilgan kartochka;
- Korxona direktori va bosh buxgalteri (mavjud boʻlsa)ni tayinlash boʻyicha qaror, buyruq va pasport nusxalari.
Xizmat turidan foydalanuvchilar:
- Rezident va norezident yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xoʻjaliklari hamda jismoniy shaxslar.
Ochiladigan hisobraqam turlari:
Milliy va xorijiy valyutada:
- Talab qilib olinguncha (asosiy va ikkilamchi);
- Jamgʻarma;
- Muddatli;
- Ssuda va kredit;
- Bank kartochkalari orqali hisob- kitoblar uchun.
Toʻlov hujjatlarini oʻtkazish
Xizmat tannarxi:
- Debet aylanma summasidan 0,5% (ushbu miqdor qoʻshimcha kelishuvga asosan oʻzgarishi mumkin).
Toʻlov hujjati turlari:
- Toʻlov topshiriqnomasi;
- Toʻlov talabnomasi;
- Inkasso topshiriqnomasi;
- Inkasso talabnomasi;
- Memorial order;
- Plastik kartochkalar orqali hisob-kitoblar;
- Akkreditivga ariza;
- Chek bilan hisob-kitoblar.
Toʻlov hujjatini oʻtkazish mexanizmi:
- Mijoz tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri taqdim etilgan toʻlov hujjatini dasturga kiritish;
- Tashqi va masofaviy xizmat koʻrsatish dasturiy ta’minot orqali joʻnatilgan toʻlov hujjatlarini qayta ishlash;
- Mijoz arizasiga asosan;
- Pochta orqali bankka kelib tushgan toʻlov.