AT «Aloqabank» tadbirkorlik subyektlarini tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida qo‘llab-quvvatlash, ularning eksport salohiyatini oshirishga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida valyuta operatsiyalari sirasini va sifatini oshirib bormoqda. Hozirgi kunda AT «Aloqabank» tomonidan quyidagi chet el valyutadagi operatsiyalari amalga oshiriladi:
Hozirgi kunda tashqi savdo shartnomalarining monitoringini yuritish Vazirlar Mahkamasining 14.05.2020-yildagi 283-sonli “O`zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini takomillashtirishga chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshiriladi. Tashqi savdo shartnomalari monitoringini yuritish bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi tadbirkorlik subyektlarining manfaatini ko‘zlab bank tomonidan mijozlarga eksport-import shartnomalarining maqsadga muvofiq tuzilishida, mavjud qonunchilikka mos kelishi va boshqa muhim jihatlari borasida mijozlarga kerakli tushunchalar berib boriladi.
AT «Aloqabank» mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida O`zbekiston va chet el banklarida vakillik hisobvaraqlarni ochgan. Ushbu hamkor xorijiy banklar orqali akkreditiv, bank o‘tkazmalari va boshqa operatsiyalar amalga oshirilmoqda.
Korrespondent xorijiy banklar:
- AG Commerzbank (Germaniya)
- YAJ Azia-Invest Bank (Rossiya)
- KB Kookmin Bank (Koreya Respublikasi)
- O‘zbekiston Respublikasi TIA Milliy Banki
Tadbirkorlik subyektlari ichki valyuta bozorida xorijiy valyuta sotib olishi va sotishi bo‘yicha buyurtmalari ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 3281 son bilan Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o’tgan boshqaruv qarori asosida cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VALYUTA OPERATSIYALARINI AMALGA OSHIRISH QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
AT «Aloqabank» o‘z mijozlariga xalqaro amaliyotda uchraydigan hujjatli operatsiyalar: akkreditiv, garantiya va inkasso to‘lov turlari bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi. Bankimiz ushbu hujjatli operatsiyalarini ijro uchun qabul qilish va bajarish vaqtida Xalqaro savdo palatasining 2007 yildagi XSP 600-sonli nashri tahriridagi «Hujjatli akkredetivlar uchun umumlashtirilgan qoidalar va ko‘nikmalar»ga, 2010 yildagi XSP 758-sonli nashri tahriridagi «Kafolat uchun unifikatsiyalangan qoidalari»ga va 1995 yildagi XSP 522-sonli nashri tahriridagi «Inkasso bo‘yicha unifikatsiyalangan qoidalar»ga asosan amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda AT «Aloqabank» rezident va norezidentlarlarning barcha turdagi(quyida roʻyxat keltirilgan) kapital harakati bilan bog‘liq operatsiyalariga xizmat koʻrsatib kelmoqda:
- Investitsiya faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan rezidentlar tomonidan chet eldagi o‘z filiallarini aylanma mablag‘lar bilan to‘ldirish;
- Kreditlar olish va berish, lizing operatsiyalarini amalga oshirish;
- Ko‘chmas mulkni sotib olish va sotish;
- Xorijiy davlatlardan mablag‘larni hisobvaraqlar va omonatlarga jalb qilish hamda xorijiy davlatlarda mablag‘larni hisobvaraqlar va omonatlarga joylashtirish
Kapital harakati bilan bog‘liq operatsiyalar Vazirlar Mahkamasining 17.12.2013-yildagi 2536-sonli “Kapital harakati bilan bog‘liq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomi asosida amalga oshiriladi. Kapital harakati bilan bog‘liq operatsiyalarga xizmat koʻrsatish hamda ularning hisobini yuritish bilan bir qatorda Bank mijozlarning manfaatini koʻzlab, ularga Kapital harakati bilan bog‘liq shartnomalarning maqsadga muvofiq tuzilishi, mavjud qonunchilikka mos kelishi va boshqa muhim jihatlari borasida kerakli tushunchalarni berib boriladi
OFAC tomonidan taqiqlovchi SDN ro‘yxatga kiritilgan shaxslarni aniqlash uchun rasmiy saytlar ro‘yxati va havolalari.
1) AQSh Moliya vazirligining xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) rasmiy sayti:
а) https://sanctionssearch.ofac.treas.gov
б) https://www.treasury.gov/ofac/downloads/sdn.xml
2) Yevropa Ittifoqi rasmiy sayti:
3) Buyuk Britaniya tomonidan qo‘llanilgan sanktsiyalarni aniqlash uchun: