Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida Aksiyadorlik Tijorat «Aloqabank» hamkor banklarga savdoni moliyalashtirish va hujjatli biznes sohasida o‘z xizmatlari va kompleks yechimlarini taklif etadi:
Moliyaviy institutlar uchun mahsulotlarimiz ro‘yxati quyidagilardan iborat:
- akkreditivlarni chiqarish, avizolash va tasdiqlash (qoplangan/qoplanmagan).
- ramburs majburiyatlarini taqdim etish;
- bank kafolatlarini chiqarish, avizolash va tasdiqlash;
- akkreditivlarni doimiy moliyalashtirish (doimiy moliyalashtirishni taqdim etish bo‘yicha bitimlar tuzishning umumiy shartlari to‘g‘risida bosh bitim tuzilgan shartda);
- bepul maslahat xizmatlari.
Afzalliklarimiz:
- hujjatli akkreditivlar, kafolatlar va savdoni moliyalashtirishning boshqa vositalari bilan ishlash bo‘yicha ko‘p yillik tajriba;
- yuqori malakali xodimlar;
- raqobatbardosh narx sharoitlari;
- har bir bitimga yakka tartibdagi yondashuv.
Savdoni moliyalashtirish vositalaridan foydalanish orqali tashqi savdo shartnomasi shartlarining bajarilishini ta’minlash, shartnoma bo‘yicha tomonlarning xavflarini tenglashtirish va kamaytirish, tovarni o‘z vaqtida va kompleks yetkazib berishni nazorat qilish, tovar uchun avans to‘lovlarini oldini olish, muddatli/kechiktirib to‘lov amalga oshirish imkoniyati, zarur kredit resurslarlarini jalb etish, yetkazib berilayotgan tovar uchun qulay moliyaviy sharoitlar asosida to‘lov olish kafolatlarini ta’minlash va boshqalar iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida AT «Aloqabank» hamkor banklarga savdoni moliyalashtirish va hujjatli biznes sohasida o‘z xizmatlari va kompleks yechimlarini taklif etadi.