Samarali korporativ boshqaruv – bankning muvaffaqiyatli faoliyat olib borishida muhim shartlaridan hisoblanib, barqaror rivojlanishni aniqlovchi, aksiyadorlar, mijozlar va boshqa aloqador shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi moliyaviy tashkilotning faoliyati samaradorligini oshirish sohasidagi eng muhim yo‘nalishi bo‘lib xizmat qiladi.
Bank faoliyati turli risklar bilan bog‘liq. Shu bois korporativ boshqaruv va ichki nazoratga mukammal yondashuv zaruriyati mavjud. Ichki nazoratning aniq tizimini o‘rnatish uchun bank tomonidan risklar xususiyati to‘liq va muntazam ravishda baholab boriladi.
Bank to‘laqonli korporativ boshqaruv tuzilmasiga ega bo‘lib, oliy boshqaruv organi – Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini, mustaqil a’zolariga ega bank Kuzatuv Kengashini, bank Boshqaruvi, hamda Boshqaruv qoshidagi 7 ta qo‘mitani va bank Kuzatuv Kengashi huzuridagi Kuzatuv Kengashi aʼzolaridan iborat bo‘lgan 5 ta qoʻmitani o‘z ichiga oladi.
Bank Kuzatuv Kengashi qoshidagi qo‘mitalar
- Audit qo‘mitasi
- Bank risklarini boshqarish qo‘mitasi
- Kadrlar va mukofotlar qo‘mitasi
- Strategik rejalashtirish qo‘mitasi
- Korrupsiyaga qarshi kurashish va etika qo‘mitasi
Bank Boshqaruvi qoshidagi qo‘mitalar
- Aktivlar va passivlarni boshqarish qo‘mitasi
- Kredit qo‘mitasi
- Investitsiya qo‘mitasi
- Byudjet qo‘mitasi
- Biznesni rivojlantirish va transformatisiya qo‘mitasi
- Operatsion risklarni boshqarish qo‘mitasi
- Axborot texnologiyalari qo‘mitasi