AloqaBankda korrupsiyaning oldini olişga bağişlangan seminar ötkazildi
13-noyabr kuni AloqaBankning Surxondaryo hududiy kompleks xizmatlar körsatiş markazida korrupsiyaning oldini oliş, manfaatlar töqnaşuvini boşqariş hamda bank faoliyatida şaffoflikni ta’minlaş masalalariga bağişlangan seminar taşkil etildi. Unda 70 nafar xodim iştirok etdi.
Seminarda Komplayens-nazorat boşqarmasi boşliği E. Amonov va yetakçi menejeri P. Umarov tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlaş, içki nazoratni kuçaytiriş va xodimlarning mas’uliyatini oşiriş masalalari yuzasidan tuşuntirişlar berildi.
Şuningdek, bank operatsiyalarida korrupsiyaviy xavflarning oldini oliş, xizmat odobiga rioya etiş hamda manfaatlar töqnaşuvini öz vaqtida oşkor qiliş masalalari muhokama qilindi.
Seminar yakunida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Bank faoliyatida halollik va şaffoflik tamoyillariga rioya etiş muhimligi ta’kidlandi.

