Sirdaryo navbatdagi “Investorlar kuni”ga mezbonlik qildi!
Tadbir davomida istiqbolli startap jamoalari o‘z loyihalarini venchur jamg‘armalari hamda soha investorlariga atroflicha taqdim etishdi.
Taqdimotda AloqaVentures, Startup Garage, Imkon Ventures, United Ventures va Yoshlar Ventures kabi yetakchi venchur jamg‘armalari vakillari qatnashib, loyihalarni baholashdi.
Jamoalar o‘z biznes modellari, rivojlanish bosqichlari va kelajakdagi strategik rejalari bilan bo‘lishib, investorlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berishdi.
Tadbir yakunida eng istiqbolli deb topilgan Kigo, DCARD va TFONE startaplari AloqaVentures, Imkon Ventures, United Ventures hamda Yoshlar Ventures tomonidan dastlabki investitsiya kelishuvi takliflarini qo‘lga kiritishdi.