AloqaBankda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2026-yilning 9 oylik natijalari sarhisob qilindi.

AloqaBankda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida korrupsiyaning oldini olish, shaffoflikni ta’minlash va komplayens-nazorat tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Hisobot davrida manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash maqsadida 1 876 ta deklaratsiya topshirildi. Shuningdek, 60 ta mahsulot va 850 dan ortiq kontragent komplayens-filtrdan o‘tkazildi, 15 ta me’yoriy hujjat qabul qilindi.

Xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, 1 800 nafardan ortiq xodim o‘qitildi, 135 nafar rahbar va mutaxassis Huquqni muhofaza qilish akademiyasi sertifikatlariga ega bo‘ldi.

Bundan tashqari, ISO 37001:2025 xalqaro standartini joriy etish va bankda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat madaniyatini shakllantirish bo‘yicha ishlar olib borildi.

Hisobot yakunlariga ko‘ra, AloqaBankning korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati “yaxshi” deb baholandi.

Bankda shaffoflik, mas’uliyat va korrupsiyaga qarshi kurashish tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.