AloqaBankda korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi boshlandi!

Bank faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda halollik tamoyillarini mustahkamlash maqsadida Bosh ofis va barcha hududiy bo‘linmalarda korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi o‘tkazilmoqda.

Oylik doirasida:

  • Xodimlar o‘rtasida halollik va xolislik tamoyillarini mustahkamlash;
  • Manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va uning oldini olish;
  • Bank xizmatlarini ko‘rsatishdagi korrupsiyaviy xavflarni bartaraf etish;
  • Mijozlar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish;
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha jamoatchilik eshituvlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratiladi.

Hurmatli mijozlar va hamkorlar!

Agar bank xizmatlaridan foydalanish jarayonida sizdan norasmiy to‘lov talab qilinsa yoki korrupsiyaviy holatga duch kelsangiz, bu haqda AloqaBankning Komplayens-nazorat boshqarmasiga xabar berishingiz mumkin.

Ishonch telefoni: +998 71 230-44-44

Telegram: @anticor_aloqabank

Elektron pochta: compliance@aloqabank.uz

Sizning murojaatingiz korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va bank faoliyatida shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.