Kredit haqida
“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning yangi turmush qurgan farzandlariga hamda «Yoshlar daftari» ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mablagʻlari hisobidan yakka tartibdagi xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun ajratiladigan kredit shartlari.
Boshlangʻich badal miqdori |
Yakka tartibdagi xonadonida qo’shimcha uy-joyni qurish ishlari qiymatining kamida 15 foizi miqdorida |
Kredit yillik foiz stavkasi* |
Shaharlarda - 18% Qishloq joylarda - 17% |
*Kreditning foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa – oʻzgarishsiz qoladi.
Potentsial qarz oluvchilar (jismoniy shaxslar) quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos boʻlishi lozim:
- kredit olish uchun murojaat qilgan kunda 18 (oʻn sakkiz) yoshga toʻlgan va 30 (oʻttiz) yoshdan oshmagan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari;
- «Temir daftar» va «Ayollar daftari»ga kiritilgan oilalarning yangi turmush qurgan farzandlari hamda «Yoshlar daftari» ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlar boʻlishi (bunda, nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan va ikkala tomon ham birinchi marotaba nikohdan oʻtgan boʻlishi lozim);
- doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek, ipoteka krediti boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq har oyda toʻlash uchun etarli boʻlgan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega boʻlgan shaxslar;
- Qarz yuki koʻrsatkichi 80 (sakson) foizdan yuqori boʻlmagan shaxslar;
- yakka tartibdagi xonadonda qoʻshimcha uy-joy qurish ishlari qiymatining kamida 15 (oʻn besh) foizi miqdorida dastlabki badalni shakllantirish imkoniyatiga ega boʻlgan shaxslar;
- ilgari arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan va ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalardan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy bilan ta’minlash bo’yicha yordam olmagan boʻlishi;
- yakka tartibdagi xonadonda qoʻshimcha uy-joy qurish uchun yer uchastkasiga umrbod egalik qilishi va belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga ega boʻlishi;
-
kredit ajratishni koʻrib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avvalgi olingan kreditlar bo’yicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmagan shaxslar.
*Kredit operatsiyalari vaqtincha toʻxtatilgan*

Zoomrad mobil ilovasi orqali siz onlayn mikroqarz rasmiylashtirishingiz mumkin!