Kredit haqida
Har qanday maqsad uchun miqroqarz.*Kredit operatsiyalari vaqtincha toʻxtatilgan*

Zoomrad mobil ilovasi orqali siz onlayn mikroqarz rasmiylashtirishingiz mumkin!
Zoomrad mobil ilovasi orqali siz onlayn mikroqarz rasmiylashtirishingiz mumkin!
Zarur hujjatlar
Mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli (fuqarolik pasporti yoki shaxsning identifikatsiya ID-kartasi). Bunda, bank xodimi tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslidan nusxa olinadi.
Agar uchinchi shaxsning kafilligi kredit ta’minoti sifatida taqdim etilsa, unda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
Kafil jismoniy shaxs boʻlganda:
kafil shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining asli (fuqarolik pasporti yoki shaxsning identifikatsiya ID-kartasi) Bunda, bank xodimi tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslidan nusxa olinadi.
Kafil yuridik shaxs boʻlganda:
kafil boʻlayotgan korxonaning buxgalteriya balansi va ilovalari;
auditor xulosasi;
kafillik berish boʻyicha ta’sischilar rozilik majlis bayoni;
ta’sis hujjatlari (guvohnoma, nizom, ta’sis shartnoma).
Talablar
Qarz oluvchi: 18 yoshga toʻlgan va 65 yoshdan oshmagan doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun.
Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil shaxs)ning daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumot bank tomonidan tashqi manbaalardan onlayn tarzda o‘rganiladi.
Daromadlari toʻg‘risidagi ma’lumotlarni tashqi manbalardan onlayn tarzda o‘rganishning imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil shaxs) tomonidan daromadlari to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim qilinadi.
Uchinchi shaxs kafilligi;
Likvidli mol-mulk garovi.
«Zoomrad» mobil ilovasi interaktiv xizmatlar va kalkulyator bilan jihozlangan.