Kreditlar
Hurmatli mijoz,
Har bir hudud uchun alohida mas'ul xodimlar belgilangan va Har bir viloyat va mahallalar uchun tayinlangan kredit mutaxassislari ro'yxati va ularning to'liq kontakt ma'lumotlari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:
- Toshkent shahri
- Toshkent viloyati
- Farg‘ona viloyati
- Andijon viloyati
- Namangan viloyati
- Jizzax viloyati
- Samarqand viloyati
- Navoiy viloyati
- Buxoro viloyati
- Xorazm viloyati
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi
- Qashqadaryo viloyati
- Surxondaryo viloyati
2. Murojaat qilish tartibi:
- Yuqoridagi fayldan o'z hududingiz bo'yicha mas'ul xodimni aniqlang
- Belgilangan telefon raqami yoki elektron pochta orqali bog'laning
- Dastlabki maslahat uchun uchrashuvni belgilang
Hurmatli mijoz kredit olish uchun rasmiy daromad manbaiga ega boʻlishingiz lozim, Avtokredit boʻyicha boshlangʻich badal 30% va undan yuqori toʻlangan hollarda rasmiy daromad talab etilmaydi.
Davlat dasturlari asosida ajratiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich toʻlovning eng kam miqdori uy-joy qiymatining 15% miqdorida, bankning oʻz mablagʻlari hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditlar boʻyicha boshlangʻich toʻlovning eng kam miqdori uy-joy qiymatining 25% miqdorida.
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan birlamchi va ikkilamchi bozordan koʻp qavatli uy-joylardagi kvartirani yoki yakka tartibdagi uy-joyni sotib olish uchun ipoteka krediti olish mumkin.
Moliyaviy iste’mol krediti berish iste’mol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchining yoki realizatsiya qiluvchi subyektning (yuridik va jismoniy shaxsning) bankdagi hisobvarag‘iga bank yoxud boshqa kredit tashkiloti tomonidan pul mablag‘lari o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Iste’mol kreditlari 3 yilgacha muddatga yillik 30% da ajratiladi.