Kredit haqida
№ |
Ko‘rsatkichlar |
Asosiy shartlar |
1 |
Kredit maqsadi |
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy va professional ta’lim tashkilotlari (davlat, nodavlat oliy va professional ta’lim tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy oliy va professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari)da va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha bakalavr, magistratura va ordinaturaning har qanday ta’lim shakllarida tahsil olish uchun to‘lov-kontrakt, shu jumaladan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt summasini to‘lash maqsadida. |
2 |
Kredit muddati |
60 (oltmish) oydan oshmagan muddatga (imtiyozli davrsiz). |
3 |
Kredit foizi |
Yillik 28% |
4 |
Kredit miqdori |
100,0 (bir yuz) mln. so‘mdan oshmagan miqdorda, biroq kredit miqdori to‘lov-kontakt asosida o‘qish haqidagi shartnomada ko‘rsatilgan bir yillik to‘lov summasidan oshmasligi lozim. |
5 |
Kredit ta’minoti |
Uchinchi shaxs kafilligi. |
6 |
Ajratish shakli |
Ta’lim tashkilotining hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li bilan. |
7 |
Qaytarish usuli |
Annuitet yoki Differensial. |
8 |
Kimlarga ajratiladi |
To‘lov-kontrakt shartnomasi asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki tahsil olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarga ajratiladi. |

Zoomrad mobil ilovasi orqali siz onlayn mikroqarz rasmiylashtirishingiz mumkin!