Kredit haqida
|
1 |
Kredit maqsadi |
– Yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish yoki ta’mirlash uchun. – Ko‘p kvartirali turar-joydagi kvartirani ta’mirlash uchun. |
|
2 |
Kredit muddati va imtiyozli davr |
10 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga (asosiy qarz to‘lovlaridan 6 oygacha imtiyozli davr bilan). |
|
3 |
Kredit miqdori |
300,0 (uch yuz) mln.so‘mdan oshmagan miqdorda |
|
4 |
Boshlang‘ich badal |
Talab qilinmaydi |
|
5 |
Kredit foizi |
Yillik – 24% |
|
6 |
Ajratish shakli |
Oldi-sotdi shartnomasiga asosan pul o‘tkazish yoki qarz oluvchining bank kartasiga o‘tkazish yo‘li bilan. Bunda, kredit mablag‘i kamida 2 (ikki) bosqichga bo‘lib ajratiladi. Birinchi bosqichda kredit summasining 80 (sakson) foizidan oshmagan qismi ajratiladi va ajratilgan kredit mablag‘ining maqsadli sarflanishi ta’minlanib, monitoring dalolatnomasi rasmiylashtirilgandan so‘ng kreditning qolgan qismi (ikkinchi bosqichi) ajratiladi. |
|
7 |
Qaytarish usuli |
Annuitet yoki Differensial. |
|
8 |
Kredit ta’minoti |
Kredit hisobiga quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, ta’mirlanadigan uy-joy garovga qabul qilinadi. Bunda, kredit mablag‘i uy-joyni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan hollarda kredit hisobiga quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan uy-joy qurib bitkazilib garovga qabul qilingunga qadar boshqa likvidli mol-mulk garovga olinadi. Shuningdek, qarz oluvchiga ilgari ajratilgan ipoteka krediti bo‘yicha garovda turgan boshqa ko‘chmas mulkni navbatdagi garov obyekti sifatida qabul qilish mumkin. |
|
9 |
Kimlarga ajratiladi |
Kredit hisobiga ta’mirlanayotgan (rekonstruksiya qilinayotgan) uy-joyning egasiga ajratiladi yoki uy egasining yaqin qarindoshi (ota-ona, aka-uka, opa-singil, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, kelini, kuyovi) bo‘lgan va ushbu uy-joyda doimiy ro‘yxatda turadigan jismoniy shaxslarga ajratiladi. Bunda, kredit uy-joy egasining yaqin qarindoshiga ajratilganda qarz oluvchining ushbu manzilda doimiy ro‘yxatda turishi va uy egasining yaqin qarindoshi ekanligi o‘rganilishi lozim. Kredit yakka tartibdagi uy-joyni qurish uchun ajratilishida uy-joy quriladigan yer uchastkasi tegishli bo‘lgan jismoniy shaxsga ajratiladi. |
|
10 |
Kredit monitoringi |
Kredit mablag‘i ajratilishida quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan yoki ta’mirlanadigan uy-joyning dastlabki holati bo‘yicha foto suratlari olinishi va kredit ajratilgandan so‘ng qurilish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlashdan keyingi holati bo‘yicha foto suratlari olingan holda kreditning maqsadli ishlatilishi o‘rganilishi lozim. Shuningdek, kreditning maqsadli ishlatilishini o‘rganishda bankning ichki tartib qoidalariga muvofiq kredit hisobiga sotib olingan tovarlar va bajarilgan ishlar yuzasidan tasdiqlovchi hujjatlar (hisobvaraq faktura yoki boshqa asoslovchi hujjatlar, masalan kredit bank kartasiga o‘tkazib berish orqali ajratilganda sotib olingan tovarlarning narxi, miqdori bo‘yicha sotuvchi shaxs tomonidan tasdiqlangan ma’lumot) taqdim qilinishi lozim. |
|
11 |
Qo‘shimcha shart |
Ajratiladigan kredit miqdori garov ta’minoti summasining 80 (sakson) foizidan oshmagan miqdorda bo‘lishi lozim. Qarz oluvchining bank kartasiga o‘tkazib beriladigan mablag‘lar qarz oluvchining xohishiga ko‘ra uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashda qulaylik yaratish uchun bank kassasi orqali naqdlashtirib berilishi mumkin. |
Zoomrad mobil ilovasi orqali siz onlayn mikroqarz rasmiylashtirishingiz mumkin!