Kredit haqida
|
“Yosh tadbirkor” krediti |
|
|
Kredit maqsadi |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyundagi “Tadbirkorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash orqali yoshlar bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-210-sonli Qaroriga asosan sayilgoh, turistik maskan, gastronomik koʻcha va boshqa jamoat joylarida koʻchma yoki yengil konstruksiyali shoxobcha va nuqtalarni tashkil etish, ularga jihoz va vositalarni xarid qilish uchun. |
|
Kredit muddati va imtiyozli davri |
7 yildan oshmagan muddatga. Imtiyozli davr: Asosiy qarz bo‘yicha - 1 yilgacha, Foiz to‘lovlari bo‘yicha – 3 oygacha. |
|
Kredit foizi |
Markaziy bank asosiy stavkasi + 4% (18%) |
|
Kredit miqdori va ajratish shakli |
200 mln so‘mdan oshmagan miqdorda. Shartnoma asosida pul ko‘chirish yo‘li bilan. |
|
Ta`minot |
Likvidli mol-mulk garovi asosida. |
|
Kimlarga ajratiladi |
Kredit olish uchun ariza taqdim qilgan kunda 18 yoshga to‘lgan, biroq 31 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan jismoniy shaxslarga ajratiladi. Bunda, qarz oluvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxs bo‘lganda ijtimoiy soliq to‘lovini to‘lagan bo‘lishi lozim. |
Zoomrad mobil ilovasi orqali siz onlayn mikroqarz rasmiylashtirishingiz mumkin!