Kredit haqida
|
1 |
Kredit maqsadi |
– Yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish yoki ta’mirlash uchun. – Ko‘p kvartirali turar-joydagi kvartirani ta’mirlash uchun. |
|
2 |
Kredit muddati |
10 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga (asosiy qarz to‘lovlaridan 6 oygacha imtiyozli davr bilan). |
|
3 |
Kredit miqdori |
300,0 (uch yuz) mln so‘mdan oshmagan miqdorda |
|
4 |
Boshlang‘ich badal |
Talab qilinmaydi. |
|
5 |
Kredit foizi |
Yillik – 21,0% |
|
6 |
Ajratish shakli |
Oldi-sotdi shartnomasiga asosan pul o‘tkazish yoki qarz oluvchining bank kartasiga o‘tkazish yo‘li bilan. Shuningdek, uy-joyni ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashda qulaylik yaratish maqsadida qarz oluvchining xohishiga ko‘ra bank kassasi orqali naqd ko‘rinishda berilishi mumkin. Bunda, kredit mablag‘i kamida 2 (ikki) bosqichga bo‘lib ajratiladi. Birinchi bosqichda kredit summasining 80 (sakson) foizidan oshmagan qismi ajratiladi va ajratilgan kredit mablag‘ining maqsadli sarflanishi ta’minlanib, monitoring dalolatnomasi rasmiylashtirilgandan so‘ng kreditning qolgan qismi (ikkinchi bosqichi) ajratiladi. |
|
7 |
Qaytarish usuli |
Annuitet yoki Differensial. |
|
8 |
Kimlarga ajratiladi |
Kredit hisobiga qurilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan yoki ta’mirlanayotgan uy-joyning egasiga yoki ushbu uy-joyda doimiy ro‘yxatda turadigan jismoniy shaxslarga ajratiladi. |
|
9 |
Kredit ta’minoti |
Kredit hisobiga quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, ta’mirlanadigan uy-joy garovga qabul qilinadi. Bunda, kredit mablag‘i uy-joyni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan hollarda kredit hisobiga quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan uy-joy qurib bitkazilib garovga qabul qilingunga qadar boshqa likvidli mol-mulk garovga olinadi. Shuningdek, qarz oluvchiga ilgari ajratilgan ipoteka krediti bo‘yicha garovda turgan ko‘chmas mulkni navbatdagi garov obyekti sifatida qabul qilish mumkin. |
|
10 |
Qo‘shimcha shartlar |
Ajratiladigan kredit miqdori garov ta’minoti summasining 80 (sakson) foizidan oshmagan miqdorda bo‘lishi lozim. |
Zoomrad mobil ilovasi orqali siz onlayn mikroqarz rasmiylashtirishingiz mumkin!