Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
...
Yangilash: ...

“Har bir oila - tadbirkor'” kredit mahsuloti

Mikrokredit

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining bandligini ta’minlash va daromad topishga qaratilgan faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida zaruriy tovar (ish, xizmat)lar xaridi uchun.

17.5%
Foiz stavkasi
6 oydan - 7 yilgacha
Kredit muddati
50 mln. so‘mdan - 150 mln. so'mgacha
Kredit miqdori
Menyu

Kredit haqida

№

Ko‘rsatkichlar

Asosiy shartlar

1

Maqsadi

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining bandligini ta’minlash va daromad topishga qaratilgan faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida zaruriy tovar (ish, xizmat)lar xaridi uchun.

2

Kredit valyutasi

Milliy valyuta – so‘mda.

3

Kimlarga ajratiladi

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxslarga (asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno).

4

Kredit foizi

Yillik 17,5%.

“Og‘ir” toifadagi tuman va mahallalarda yillik 12%.

5

Kredit miqdori

50 mln. so‘mdan oshmagan miqdorda, shuningdek ayrim turdagi loyihalar bo‘yicha loyihaning yo‘nalishidan kelib chiqib quyidagi miqdorlarda ajratiladi:

- 10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish loyihalari hamda chorvachilikka ixtisoslashgan mahallalarda import qilingan va sertifikatlangan naslli chorva mollari xaridi va tuyachilik uchun 100 mln. so‘mgacha;
- turizm salohiyati yuqori bo‘lgan mahallalarda uy mehmonxonalarini tashkil qilish hamda ixtisoslashuvi 50 foizdan yuqori mahallalarda mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash uchun minitexnologiyalar sotib olish uchun 150 mln. so‘mgacha.

6

Kredit muddati va imtiyozli davr

- aylanma mablag‘larni to‘ldirish bilan bog‘liq loyihalar uchun – 18 oygacha;
- oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish uchun – 6 oydan 1 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yildan 4 yilgacha muddatga;
- chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yo‘nalishi) uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yildan 4 yilgacha muddatga;
- “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, “usta-shogird” maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun – 3 yildan 4 yilgacha muddatga;
- charm-attorlik mahsulotlari, charmdan tayyor kiyimlar, oyoq kiyimlari, sport inventarlari, shuningdek furnitura, aksessuarlar va mo‘ynachilik mahsulotlari ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xom ashyo materiallarini xarid qilish uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga;
- oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tov lagerlari majmuasi, avtokempinglar, ekouylar majmuasi, konteyner shaharchalar va chodirli lagerlar tashkil etish va ularni ta’mirlash uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga;
- bog‘dorchilik (ko‘chatchilik), uzumchilik (tok so‘risi) va limonchilikni tashkil etish, issiqxona qurish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarini xarid qilish hamda ularni joylashtirish uchun bino va inshootlar qurish, artezian quduqlarini qazish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga.

7

Kredit ta’minoti

Kreditning qaytmaslik xatari uchun sug‘urta polisi va/yoki uchinchi shaxs kafilligi.

8

Ajratish shakli

Oldi-sotdi (ishlarni, xizmatlarni ko‘rsatish) shartnomasiga asosan mahsulot yetkazib beruvchi shaxslarning hisobvarag‘iga pul ko‘chirish yo‘li bilan ajratiladi.

Hokim yordamchisining tavsiyasiga ko‘ra, kredit summasining 10 mln. so‘mgacha bo‘lgan qismi (hunarmandlar uchun 20 mln. so‘mgacha) qarz oluvchining nomiga AT “Aloqabank” tomonidan emissiya qilingan bank kartasiga o‘tkazib berilishi mumkin.

Shuningdek, kredit tomorqasida biznesni yo‘lga qo‘yish uchun o‘zlarining ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda tadbirkorlik qilish istagini bildirgan aholiga issiqxona qurish, chorva mollari boqish, tomorqaga mavsumiy ekinlar ekish uchun beriladigan kreditlar biriktirilgan bank va hokim yordamchisining ushbu tadbirlar amalga oshirilishi borasidagi kafilligi asosida naqd pulda berilishi mumkin.

9

Qaytarish usuli

Annuitet yoki Differensial usulda.

10

Kredit ajratilmaydigan yo‘nalishlar

- ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish;
- alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
- savdo-vositachilikni amalga oshirish;
- umumiy ovqatlanish tashkilotlarining aylanma mablag‘larini shakllantirish;
- ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni (mebel, uyali telefon, maishiy texnika va boshqalarni) sotib olish;
- yengil avtotransport vositalari (ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda ishtirok etuvchi kichik mototransport vositalari bundan mustasno), jumladan, yo‘lovchi tashuvchi avtomobillar sotib olish;
- ma’muriy xarajatlarni to‘lash, jumladan, xizmat avtomobillari ta’minoti;
- bino va inshootlar sotib olish va qurish (Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi, Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan dala do‘koni, urug‘lik, mineral o‘g‘it va ko‘chat do‘konlari tashkil qilish hamda yengil konstruksiyali bino va inshootlar qurish, kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida qurilishi 25–30 foiz yakuniga yetkazilmagan binolar qurilishini yakuniga yetkazish, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq binolarni ta’mirlash bundan mustasno) uchun ajratilmaydi.

11

Qo‘shimcha shartlar

Kredit bo‘yicha ariza qabul qilish va kredit hujjatlarini rasmiylashtirish Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi (oilakredit.uz) orqali amalga oshiriladi.

Kredit qarz oluvchiga u tomonidan mustaqil tanlangan ta’minotchi bilan tuzilgan shartnoma asosida mahsulot yetkazib berilganidan (ish bajarilganidan) va qarz oluvchi tomonidan qabul qilib olinganidan so‘ng hamda hokim yordamchisi va mahallaga biriktirilgan mahalla bankiri tomonidan monitoring o‘tkazilib dalolatnoma tasdiqlangandan keyin, qarz oluvchini identifikatsiyalash orqali ta’minotchiga pul o‘tkazish (naqd pulsiz) yo‘li bilan ajratiladi.

Ushbu kredit mahsulotida keltirilgan shartlar barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha hududiy va tuman (shahar) shtablari qarorlariga asosan o‘zgarishi yoki farq qilishi mumkin.

Kreditni onlayn tarzda rasmiylashtiring

Zoomrad mobil ilovasi orqali siz onlayn mikroqarz rasmiylashtirishingiz mumkin!

Kreditingizni hisoblang

Foiz stavkasi
17.5
%
17.5 %dan
17.5 %gacha
Kredit summasi
70 000 000
soʻm
5 million soʻmdan
150 million soʻmgacha
Kredit muddati
24
oy
6 oydan boshlab
84 oygacha
Soʻndirishning turi:
Sugʻurta xarajatlari:
Notarius xarajatlari:
Garovni baholash boʻyicha xarajatlar:
Boshqa xarajatlar:
Oʻrtacha oylik toʻlov*
... soʻm
Yillik foiz stavkasi:
...%
Kreditning toʻliq qiymati:
...%
* Oylik to‘lovning aniq miqdori bank tomonidan arizani ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra belgilanadi.

Kredit shartlari

Yillik foiz stavkasi
17.5%
Kreditning maksimal summasi
50 mln. so‘mdan - 150 mln. so'mgacha
Kredit muddati
6 oydan - 7 yilgacha
Kredit maqsadi
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining bandligini ta’minlash va daromad topishga qaratilgan faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida zaruriy tovar (ish, xizmat)lar xaridi uchun.
Ajratilish shakli
Naqd pul, Bank kartasiga o‘tkazish, Ta'minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish
Asosiy qarz va foizlarni soʻndirish
Har oy
Toʻlov usuli
Differensial, Annuitet
Rasmiylashtirish usuli
Bank ofisi
Imtiyozli davr
Ha (loyihadan kelib chiqib belgilanadi)
Axborot varaqasi
Kreditning asosiy shartlari bo‘yicha ma’lumotni yuklab oling
Savollar va javoblar
Savollaringiz bormi? Ularga javoblarni bizning savollar va javoblar bazasidan topishingiz mumkin

Foydalanish shartlari

Zarur hujjatlar
Talablar

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxslarga (asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno).


Kredit taʼminoti
Kreditning qaytmaslik xatari uchun sug‘urta polisi va/yoki uchinchi shaxs kafilligi.
Kredit qanday olinadi?
1
Zoomrad mobil ilovasini yuklab oling
2
Identifikatsiyadan oʻting
3
Onlayn kredit olish imkoniyatiga ega boʻling
Sizga yordam berishdan xursandmiz
Agar savollaringiz bo‘lsa, ularga konsultantlarimiz javob beradilar.
+998 71 230-77-77
Kontakt-markazi 24/7

«Zoomrad» mobil ilovasi - onlayn to'lovlar va raqamli bank xizmatlari.

Boshqa kreditlar

Onlayn mikroqarz
23%-28,9%
Foiz stavkasi
6 oydan 60 oygacha
Kredit muddati
100 mln soʻmgacha
Kredit miqdori
Mikroqarz
Moliyaviy ehtiyojlaringizni AloqaBankning Zoomrad mobil ilovasi orqali tezkor va qulay tarzda hal qiling. Onlayn mikroqarzni istalgan joydan, bank filialiga bormasdan rasmiylashtiring.
Avtokredit - ”Avto Premium”
0%-16%
Foiz stavkasi
5 yilgacha
Kredit muddati
Cheklanmagan
Kredit miqdori
Аvtokredit
Birlamchi bozorda “ROODELL” MCHJ tomonidan realizatsiya qilinadigan avtotransport vositalarini sotib olish uchun.
Avtokredit - ”Haval”
0%-16%
Foiz stavkasi
5 yilgacha
Kredit muddati
Cheklanmagan
Kredit miqdori
Аvtokredit

Birlamchi bozorda “GREAT WALL MOTORS DISTRIBUTION” MCHJ QK tomonidan realizatsiya qilinadigan avtotransport vositalarini sotib olish uchun.

Avtokredit - “changan”
0%-16%
Foiz stavkasi
5 yilgacha
Kredit muddati
Cheklanmagan
Kredit miqdori
Аvtokredit

Birlamchi bozorda “CHANGAN AUTO DISTRIBUTION” MCHJ tomonidan realizatsiya qilinadigan avtotransport vositalarini sotib olish uchun.

“Ipotekani qayta moliyalashtirish” kredit mahsuloti
21%
Foiz stavkasi
20 yilgacha
Kredit muddati
1 200,0 mln. so‘mgacha
Kredit miqdori
Ipoteka krediti

Qarz oluvchining boshqa bankdagi ipoteka kreditini qayta moliyalashtirish, ya’ni ilgari olingan ipoteka kreditini so‘ndirish uchun.

“Uy-joy ta'miri uchun” kredit mahsuloti
21%
Foiz stavkasi
10 yilgacha
Kredit muddati
300 mln. so‘mdan oshmagan miqdorda
Kredit miqdori
Ipoteka krediti

Yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish yoki ta’mirlash uchun.

Ko‘p kvartirali turar-joydagi kvartirani ta’mirlash uchun.

“Yashil ta’mir” ipoteka krediti
21%
Foiz stavkasi
7 yilgacha
Kredit muddati
250,0-350,0 mln. so‘mgacha
Kredit miqdori
Ipoteka krediti

Yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p kavrtirali uy-joydagi xonadonning energiya xarajatlarini kamaytirish maqsadida ta’mirlash uchun

"Mening mahallam-2" mikrokrediti
25%
Foiz stavkasi
60 oygacha
Kredit muddati
10 – 100 million so‘m
Kredit miqdori
Mikroqarz

Maqsadsiz “Mahalla loyihasi” dasturi doirasida ajratiladi

“Avtokredit import”
23% dan
Foiz stavkasi
5 yilgacha
Kredit muddati
500,0 million so‘mdan oshmagan miqdorda.
Kredit miqdori
Аvtokredit

Birlamchi bozordan chet elda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalarini sotib olish uchun.


Avtokredit - birlamchi bozor uchun
23% dan
Foiz stavkasi
5 yilgacha
Kredit muddati
cheklanmagan
Kredit miqdori
Аvtokredit

Birlamchi bozordan O‘zbekiston Respublikasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan/yig‘ilgan avtotransport vositalarini yoki O‘zbekistondagi rasmiy distributer/dilerlar tomonidan realizatsiya qilinadigan BYD avtomobillarini,“Roodell” MCHJ tomonidan realizatsiya qilinadigan avtomobillarni sotib olish hamda sug‘urta mukofoti to‘lovlarini to‘lash uchun.


Dashbord
Barcha muhim to‘lovlar va oʻtkazmalar bir joyda
Mavjud Google Play Yuklang App Store
«Zoomrad» mobil ilovasi
Barcha bank xizmatlaridan tez foydalnish uchun smartfoningiz bilan QR-kodni skaner qiling
Keshbek
Toʻlovlar va xatto pul oʻtkazmalari uchun qulay keshbek
Mavjud Google Play Yuklang App Store
«Zoomrad» mobil ilovasi
Barcha bank xizmatlaridan tez foydalnish uchun smartfoningiz bilan QR-kodni skaner qiling
Omonatlar
Onlayn omonatlarni oching
va jamgʻarmalaringizni koʻpaytiring
Mavjud Google Play Yuklang App Store
«Zoomrad» mobil ilovasi
Barcha bank xizmatlaridan tez foydalnish uchun smartfoningiz bilan QR-kodni skaner qiling
Korrupsiyaga qarshi kurashish
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Kontakt-markazi 24/7
Ishonch telefoni
Ish tartibi: dushanba-juma 09:00-18:00
Komplayens xizmati telefoni
Ish tartibi: dushanba-juma 09:00-18:00
Sayt menyusi
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X