5-mart kuni AloqaBank Navoiy HKXKM xodimlari tomonidan Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida Navoiy shahar va Karmana tumani yoshlari uchun biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, startap va innovatsion loyihalarni rivojlantirish, kasb-hunar, raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni o‘rganish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan PQ-62-sonli qaror bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, qaror doirasida yosh tadbirkorlarni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida maxsus moliyaviy bank xizmatlari taklif qilindi. Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuvlar 5-martdan 27-martgacha Navoiy viloyatining barcha hududlarida yosh tadbirkorlar uchun tashkil etiladi. Ushbu uchrashuvlar yoshlarga biznesni boshlash, moliyalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarni egallash imkonini beradi. Kelajagingizni bugundan qurish uchun imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Seminar-treninglarda ishtirok eting va tadbirkorlikni boshlash yo‘lida birinchi qadamni qo‘ying.