AloqaBank rahbariyati Farg‘ona viloyatida fuqarolar va tadbirkorlar bilan uchrashdi
2026-yil 14-oktabr kuni AloqaBank Boshqaruv Raisining birinchi o‘rinbosari U. Qo‘qonboyev Farg‘ona viloyatining Quva tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlarning kredit ajratish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha murojaatlari tinglandi.
Jumladan, chorvachilik faoliyati uchun 30 mln so‘m, tikuvchilikni tashkil etish uchun 50 mln so‘m hamda issiqxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 40 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit olish masalalari ko‘rib chiqildi.
Murojaatchilarga kredit ajratish uchun zarur ariza va hujjatlarni taqdim etish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
AloqaBank aholi va tadbirkorlarning murojaatlarini o‘rganish hamda ularni hal etish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi.