Namangan viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-yil 19-oktabr kuni AloqaBank Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari U. Qo‘qonboyev Namangan tumani “Kichik toshbuloq” mahallasida fuqarolar va tadbirkorlar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabul davomida tadbirkorlik, chorvachilik va asalarichilik faoliyatini rivojlantirish uchun kredit olish bo‘yicha murojaatlar tinglandi.
Jumladan, tadbirkorlik faoliyati uchun 200 mln so‘m, chorvachilik uchun 40 mln so‘m hamda asalarichilikni yo‘lga qo‘yish uchun 70 mln so‘m miqdorida kreditga ehtiyoj bildirildi.
Murojaatlar o‘rganilib, kredit ajratish tartibi va zarur hujjatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
AloqaBank fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlarini o‘rganish hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratadi.