AloqaBank rahbariyati "C5+1” xalqaro forumida
19–20-oktabr kunlari Samarqandda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio va Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari ishtirokida “C5+1” xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forum doirasida Bank Boshqaruvi Raisi boshchiligidagi AloqaBank delegatsiyasi Citigroup va Visa kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralarda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, moliyaviy xizmatlar sifatini oshirish hamda raqamli to‘lov yechimlari sohasidagi loyihalarni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
“C5+1” doirasidagi Samarqand uchrashuvlari AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash hamda mintaqaga xususiy investitsiyalarni jalb qilishda muhim maydon vazifasini o'tamoqda.