Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi muvaffaqiyatli loyiha
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta'minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-62-sonli qarori asosida Buxoro viloyati, Chibog'oni MFY, Chalmagadoy qishlog'ida yashovchi Fayzulloyeva Azizabonu Shermat qizi tikuvchilik yo'nalishida o'z tadbirkorligini boshladi va AloqaBank Buxoro HKXKM orqali 100 million so'm miqdorida imtiyozli kredit oldi.
Yosh tadbirkor bugungi kunda o'z nomidan "YATT Fayzulloyeva Azizabonu Shermat qizi"ni tashkil etib, 5 ta tikuv mashinasi bilan faoliyat boshlagan va 4 nafar xotin-qizni ish bilan ta'minlagan. Asosiy maqsad — ishsiz ayollarning bandligini ta'minlash, ularni qo'llab-quvvatlash va mahalliy darajada iqtisodiy faollikni oshirishdir. Azizabonu kelgusida faoliyatini kengaytirib, yana ko'proq ayollarga ish o'rinlari yaratishni rejalashtirgan.
Siz ham biznesingizni boshlamoqchimisiz? Quyidagi havola orqali ariza qoldiring: yoshtadbirkorlar.uz