Yoshlar kelajagi uchun muhim qadam: PQ-62 qarori targ‘iboti 

AloqaBank IT Park HKXKM xodimlari tomonidan University of Business and Science institutida navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi. Tadbirda institutning professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi. Mazkur uchrashuvdan asosiy maqsad – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-62-sonli qarori mazmun-mohiyatini yoshlarga batafsil tushuntirish, ularning iqtisodiy bilimlarini oshirish hamda zamonaviy moliyaviy imkoniyatlardan xabardor qilishdan iborat bo‘ldi. 

Tadbir davomida AloqaBank vakillari ushbu qaror doirasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar – jumladan, imtiyozli kreditlar, subsidiya dasturlari, grantlar, startaplarni moliyalashtirish mexanizmlari va o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha yo‘nalishlar haqida keng ma’lumot berishdi. 

Shuningdek, talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga bevosita mutaxassislar tomonidan javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Tadbir yakunida AloqaBank tomonidan “Yoshlar biznesi uchun” kredit dasturi, “Startup Garage” platformasi va bankning innovatsion loyihalariga oid axborot materiallari taqdim etildi.