Yoshlar biznesini qo‘llab-quvvatlaymiz!
Yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida orzular biznesga aylanmoqda! Bunga yorqin misollardan biri — Navoiy viloyatida istiqomat qiluvchi Sitora Nortojiyeva va Nasiba Jabborovalardir.
Sitora Muxtor qizi Prezidentning PQ–62-sonli qarori asosida AloqaBank ko‘magida imtiyozli kredit olib, repetitorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Ajratilgan mablag‘lar hisobiga u zamonaviy o‘quv qurollari — kompyuter, printer, doska, parta va boshqa zarur jihozlarni xarid qilib, o‘z ta’lim markazini tashkil etdi.
Navoi shahrining Matonat mahallasida yashovchi Nasiba Saidmurod qizi esa imtiyozli kredit evaziga kelinlik liboslari ijarasi yo‘nalishida o‘zining kichik biznesini boshlab, mustaqil daromad manbaiga ega bo‘ldi.
Sizda ham shunday g‘oya bormi? Unda imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Ariza topshirish uchun havola: yoshtadbirkorlar.uz