Hurmatli AloqaBank mijozlari!
Sizga qulaylik yaratish hamda bank xizmatlaridan yanada tez va xavfsiz foydalanishingizni ta’minlash maqsadida xalqaro va mahalliy pul o‘tkazmalari xizmatlari bosqichma-bosqich onlayn formatga o‘tkazilmoqda.
Endilikda AloqaBankning barcha universal kassalarida naqd pul ko‘rinishidagi pul o‘tkazmalarini qabul qilish va berish amaliyotlari to‘xtatildi. Mijozlar ZOOMRAD mobil ilovasiga integratsiya qilingan pul o‘tkazmalari xizmatlaridan ilova orqali onlayn foydalanishlari mumkin.
Pul jo‘natish va qabul qilish amaliyotlarini uydan chiqmagan holda, 24/7 rejimida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank kartangiz orqali tez va xavfsiz bajarishingiz mumkin.
Smartfoningizdagi ZOOMRAD ilovasini yangilang va moliyaviy amaliyotlaringizni masofadan turib boshqaring!