Ta’limga kiritilgan investitsiya — kelajak poydevori
AloqaBank Boshqaruvi raisi Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan “Bolalar Akademiyasi” nodavlat ta’lim muassasasiga tashrif buyurib, yaratilgan zamonaviy sharoitlar va ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Ushbu zamonaviy maktab loyihasi AloqaBankning moliyaviy ko‘magi bilan amalga oshirilgan bo‘lib, hududda sifatli ta’lim berish hamda iqtidorli yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Akademiya o‘quvchilarining faxrli yutuqlari:
- 10 yoshgacha bo’lgan 12 nafar o‘quvchi ingliz tili bo‘yicha B1 va B2 darajadagi sertifikatlarga ega;
- Qatarda bo‘lib o‘tgan xalqaro bellashuvda 20 nafar o‘quvchi 1, 2, 3 va 4-o‘rinlarni egalladi;
- Markaziy Osiyo miqyosida mental arifmetika, matematika, ingliz tili va robototexnika fanlari bo‘yicha 80 nafar o‘quvchi Oliy (Gran-pri) va 1-o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
AloqaBank yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan istiqbolli va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi