Qashqadaryoda “Asalarichilik markazi”
AloqaBank Boshqaruvi Raisi Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanining “Chaman” MFY hududida barpo etilayotgan zamonaviy “Asalarichilik markazi” majmuasining qurilish ishlari bilan tanishdi.
Ushbu istiqbolli loyiha hududda asalarichilik sohasini tizimli rivojlantirish, mahsulot yetishtirish hajmini oshirish hamda aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan.
Loyiha nafaqat asal yetishtirish, balki yuqori qoʻshimcha qiymat yaratuvchi toʻliq siklli majmuani oʻz ichiga oladi. Xususan, markaz hududida:
- Zamonaviy oʻquv markazi va sifat nazorati laboratoriyasi;
- Asalari qutilari hamda zaruriy asbob-uskunalarni ishlab chiqarish sexi;
- Shou-rum, savdo doʻkoni hamda apiterapiya (asal bilan davolash) boʻlimlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Loyiha toʻliq ishga tushishi, mahalliy tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash hamda aholi farovonligini oshirishda muhim drayverga aylanadi.
Qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, shuningdek, loyihani toʻliq quvvatda ishga tushirish boʻyicha masʼullarga tavsiyalar berildi.