“Yashil makon” – musaffo kelajak sari tashlangan qadam

AloqaBank Amaliyot boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi bir nechta mahallalarda “Yashil makon” tashabbusi doirasida ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari o‘tkazildi
????
Mazkur aksiya Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umumxalq loyihasini qo‘llab-quvvatlash, ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil hududlar sonini oshirish maqsadida amalga oshirildi.

Tadbir doirasida nimalar qilindi?
— Mahalla hududlarida daraxt ekish ishlari olib borildi;
— Bank xodimlari tomonidan 400 dan ortiq manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi;
— Aholi vakillari, mahalla faollari ham tadbirda faol ishtirok etdi;
— Atrof-muhitni asrash va obodonlashtirish borasida tushuntirish ishlari o‘tkazildi.

Bunday loyihalar orqali “AloqaBank” nafaqat moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadi, balki barqaror kelajak sari ekologik g‘amxo‘rlik va ijtimoiy faollikni ham ustuvor yo‘nalish sifatida ilgari surmoqda.
????
“Yashil makon” – bu nafaqat daraxt ekish, balki kelajak avlodga musaffo va barqaror muhit qoldirish demakdir.