“Yangi hayot” mahallasida yangi imkoniyatlar

Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani “Yangi hayot” mahallasida yashovchi Rizayeva Rayxona PQ-62-sonli Prezident qarori doirasida AloqaBank orqali 48 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit oldi.

Ushbu mablag‘ evaziga Rayxona shirinliklar tayyorlash va sotishga ixtisoslashgan biznesini yo‘lga qo‘ydi. Kredit hisobidan zaruriy texnik uskuna va zamonaviy muzlatkich xarid qilinib, faoliyat samaradorligi oshirildi. Rizayeva Rayxona bugungi kunda o‘z mahallasida faoliyat yuritib, mijozlar e’tirofiga sazovor bo‘layotgan shirinlik mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirishni rejalashtirmoqda.

*AloqaBank yoshlarning orzu va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishda ishonchli hamkor! *

“Yoshlar biznesi uchun" imtiyozli kredit - Yillik foiz stavkasi: 18,0%; - Kreditning maksimal summasi: A) Jismoniy shaxslarga - 100,0 mln. soʻmgacha; B) Yakka tartibdagi tadbirkorlarga - 1,5 mlrd. soʻmgacha; C) Yuridik shaxslarga - 5,0 mlrd. soʻmgacha; - Kredit muddati: 7 yildan oshmagan muddatga (asosiy qarzdan 2 yilgacha imtiyozli davr bilan); - Kredit maqsadi: "Yoshlar biznesi" dasturi doirasida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun.