Qashqadaryo viloyatida yoshlarning biznes tashabbuslari izchil qo‘llab-quvvatlanmoqda. Ana shunday faol yoshlardan biri, Qarshi shahri Arabxona mahallasida istiqomat qiluvchi — Shokirov Diyor AloqaBank tomonidan ajratilgan 100 million so‘mlik imtiyozli kredit evaziga o‘zining parrandachilik faoliyatini boshladi.
Ajratilgan moliyaviy ko‘mak asosida 2500 dona jo‘ja, ularning yemlari va barcha zarur uskunalarini xarid qilib, zamonaviy parrandachilik xo‘jaligini yo‘lga qo‘ydi. Bu nafaqat uning o‘z daromad manbaini yaratishiga, balki viloyat aholisini sifatli parranda mahsulotlari bilan ta’minlashga ham xizmat qilmoqda. AloqaBank yosh tadbirkorlarning g‘oyalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali ularning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga va mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda.
Biznesni boshlash istagingiz bormi? AloqaBank g‘oyangizni amalga oshirishga yordam beradi: yoshtadbirkorlar.uz