
6 Mar 2025
O‘zbekiston Respublikasining 2020-2025-yillarga mo‘ljallangan bank tizimini isloh qilish strategiyasi doirasida Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) va Jahon banki tomonidan 2024-2025-yillar mobaynida Moliya sektorini baholash dasturi (FSAP) amalga oshirilmoqda.
Dastur doirasida AloqaBank rahbariyati xalqaro ekspertlar bilan uchrashuv o‘tkazib, unda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
-Bank tizimining islohotlari
-Moliyaviy boshqaruv samaradorligini oshirish
-Investitsiya imkoniyatlari
-Xalqaro hamkorlikni kengaytirish
AloqaBank mijozlari uchun qulay va xavfsiz xizmatlar yaratish yo‘lida xalqaro standartlarga tayangan holda rivojlanishda davom etmoqda.