2026-yil 8-sentabr kuni Singapurda Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) Trade and Supply Chain Finance Program (TSCFP) Awards taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda AloqaBank dasturining eng muhim mukofoti hisoblangan — Trade Deal of the Year*ni qo‘lga kiritdi.

OTBning 100 dan ortiq hamkor banklari orasida AloqaBank ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan O‘zbekistondagi yagona bank bo‘ldi.

Mazkur bitim savdo-sotiqni rivojlantirish, biznes faolligini qo‘llab-quvvatlash va aholi uchun yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi. Xalqaro e’tirof bankimizning mamlakat iqtisodiyoti va xalq farovonligi uchun qiymat yaratishga qaratilgan faoliyatini tasdiqlaydi.