Aloqabank delegatsiyasi Hebei Quzhai Group faoliyati bilan tanishdi

Bugun Aloqabank Boshqaruvi Raisi boshchiligidagi delegatsiya Xitoyning qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasidagi yirik korxonalar guruhlaridan biri — Hebei Quzhai Groupga tashrif buyurdi.

Hebei Quzhai Group O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Aloqabank mijoz-korxonasiga investitsiya kiritish hamda uning ishlab chiqarish quvvatlari va faoliyat ko‘lamini kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Tashrif davomida delegatsiya guruhning ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot turlari va texnologik jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Muzokaralarda O‘zbekistondagi investitsiya loyihasini amalga oshirish mexanizmi, hamkorlik shakllari hamda keyingi amaliy qadamlar muhokama qilindi.

Mazkur loyiha O‘zbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.


01 02 03 04 05