Aloqabank Pekin va Gonkongda xalqaro moliyaviy hamkorlikni kengaytirmoqda
Aloqabank Boshqaruvi Raisi boshchiligidagi delegatsiyaning Pekin va Gonkongga tashrifi doirasida aktivlar hajmi bo‘yicha dunyoning eng yirik banki — Industrial and Commercial Bank of China (ICBC) hamda boshqa yirik banklar, moliyaviy institutlar va xalqaro investorlar bilan qator uchrashuvlar o‘tkazildi.
Pekinda delegatsiya ICBC, SINOSURE, China CITIC Bank va China Securities vakillari bilan muzokaralar olib bordi.
Gonkongda esa Standard Chartered Hong Kong, HSBC hamda xalqaro investorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Muzokaralar davomida:
- o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish;
- Xitoy yuanida — RMBda kredit liniyalarini jalb qilish;
- savdo va investitsiya loyihalarini moliyalashtirish;
- xalqaro moliya va kapital bozorlaridagi zamonaviy moliyalashtirish instrumentlaridan foydalanish;
- bank faoliyati va biznes jarayonlariga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur uchrashuvlar Aloqabankning xalqaro moliya bozorlaridagi ishtirokini kengaytirish, moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish, bank faoliyatiga ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish hamda O‘zbekiston–Xitoy iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.