«VISA ALIAS 2024» aksiyasida ishtirok etish uchun ommaviy oferta:
I.Umumiy qoidalar
Ushbu qoidalar «VISA ALIAS 2024» aksiyasi (bundan buyon matnda “Aksiya” deb yuritiladi)ni o‘tkazish tartibi, shartlari, joyi va muddatlarini belgilaydi.
1.1. Tashkilotchilar: Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” (bundan buyon matnda “Bank” deb yuritiladi).
1.2. Aksiya o‘tkaziladigan hudud: O‘zbekiston Respublikasidagi Bank tizimi.
1.3. Aksiyani o‘tkazish muddati: 2024 yil 18 martdan 11 iyungacha.
II.Aksiya ishtirokchilari
2.1. Aksiyada O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lib, 16 yoshdan oshgan va Bankning jismoniy shaxslar uchun chiqarilgan “Visa” bank kartalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
2.2. Aksiyada ishtirok etish ishtirokchilarning ushbu Qoidalarga to‘liq roziligini anglatadi.
2.3. Mazkur Qoidalarga amal qilmagan Aksiya ishtirokchisi Aksiyada ishtirok etishni davom ettirish va sovrinni olish huquqidan mahrum bo‘ladi. Sovrinni qo‘lga kiritish uchun Aksiya ishtirokchilari Aksiya o‘tkaziladigan muddat davomida, to sovrinning olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar imzolangunga qadar mazkur Qoidalarning barcha talablarini bajarishlari shart.
III. Aksiyada ishtirok etish shartlari
3.1. Aksiyada ishtirok etish uchun tadbir davomida Bankning “Visa” kartasidan “Zoomrad” mobil ilovasidagi «Telefon raqami orqali o‘tkazma» funksiyasidan foydalangan holda pul o‘tkazmasini amalga oshirish zarur. Bir martalik pul o‘tkazmasining summasi kamida 150 AQSH dollarini tashkil etishi kerak. O‘tkazmaning qabul qiluvchi taraf boshqa Bankka tegishli “Visa” kartasining saqlovchisi bo‘lishi lozim.
3.2. Yutuq imkoniyatini oshirish uchun mijoz “Zoomrad” mobil ilovasidagi «Telefon raqami orqali o‘tkazma»ni amalga oshirish funksiyasidan tadbir davomida bir necha bor foydalanish huquqiga ega bo‘lib, buning har safar «Telefon raqami orqali o‘tkazma»ni amalga oshirganida mijozdan Aksiyada ishtirok etish Qoidalariga rioya qilish talab etiladi.
3.3. Aksiyada ishtirok etish Qoidalariga rioya qilgan holda, sovrinni qo‘lga kiritguniga qadar bir mijoz Aksiyada qayta-qayta ishtirok etish huquqiga ega.
3.4. Bank xodimlari, ularning yaqin qarindoshlari va oila aʼzolari Aksiyada ishtirok eta olmaydilar.
IV. Sovrin jamg‘armasi
4.1. Aksiyada quyidagi asosiy sovrinlar o‘ynaladi:
«Apple AirPods Max» simsiz quloqchinlari - 3 dona;
«Apple i watch 9» smart (aqlli) soatlari - 2 dona;
«Apple - iPhone 15» smartfoni - 1 dona.
4.2. Mazkur Aksiya bo‘yicha sovrin (sovrinlar) olish munosabati bilan vujudga kelgan barcha tegishli soliqlar va majburiy to‘lovlar Davlat byudjetiga Aksiya tashkilotchisi bo‘lmish Bank tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil ravishda to‘lanadi.
4.3. G‘oliblar sovrinni almashtirishni yoki yutuqning pul qiymatini talab qilishni, shuningdek qiymatdagi farqni qo‘shimcha to‘lab berish yoki qaytarib olish sharti bilan sovrinni boshqa yuqoriroq yoki pastroq qiymatdagisiga almashtirishni talab qilish huquqiga ega emaslar.
V. Aksiyani o‘tkazish va sovrinning o‘ynalishi tartibi
5.1. Ushbu Aksiya bo‘yicha o‘yin g‘oliblari maxsus https://randomus.ru/ manzilida joylashgan platformadagi «Randomus» dasturi yoki tasodifiy raqamlarni taqdim etadigan shunga o‘xshash dasturlar orqali aniqlanadi.
5.2. Tadbir ishtirokchilariga sovrinlar “Bitta g‘olib – bitta sovrin” tartibida topshiriladi.
5.3. Bank Aksiya ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar yoki boshqa aloqalarga kirishmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi, baxsli holatlar yoki sovrinni topshirish holatlari bundan mustasno.
5.4. Ishtirokchilarning Aksiyada ishtirok etishlari ularning o‘z ism-shariflari, familiyalari, fotosuratlari va o‘zlari haqidagi boshqa materiallardan Bank tomonidan hech qanday haq to‘lamagan holda reklama maqsadlarida foydalanilishi mumkinligiga o‘z roziliklarini berishlarini anglatadi.
5.5.Bank o‘z xohishiga ko‘ra ushbu Qoidalarga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish huquqini ushbu o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kuchga kirishidan 1 (bir) ish kuni oldin www.aloqabank.uz veb-saytida bu haqida eʼlon joylashtirish sharti bilan o‘zida saqlab qoladi. Bank sovrinlar ro‘yxati va miqdorini o‘zgartirish yoki kengaytirish, shuningdek, o‘yin o‘tkazilish muddatini o‘zgartirish huquqiga ega. Bank Ishtirokchining Aksiyada ishtirok etishi bilan bog‘liq zararlari, xarajatlari va boshqa sarflarini qoplab yoki to‘lab bermaydi.
5.6.Bank yutuq sohibi tomonidan sovrindan foydalanish davrida uning salomatligiga (hayotiga), shuningdek uchinchi shaxslarning mol-mulkiga, salomatligiga yoki hayotiga yetadigan har qanday zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.
5.7. Mazkur Aksiya davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha nizolar va kelishmovchiliklar ixtiyoriy ravishda va o‘zaro bir-birini tushunish asosida Bank va Ishtirokchi o‘rtasida muzokaralar olib borish yo‘li bilan hal qilinadi. Agar kelishuvga erishilmasa, nizo sud tartibida ko‘rib chiqilishi kerak.
5.8.Bank G‘oliblarni dastur yordamida aniqlaydi, shuningdek, asosiy G‘olib Sovrinni rad etgan taqdirda qo‘shimcha ravishda 6 (olti) nafar “Visa” bank kartasining egasini zaxira nomzod sifatida belgilaydi.
5.9.Agar Asosiy G‘olib Sovrinni rad etsa, sovrinni olish huquqi maxsus “Randomus” dasturida yoki tasodifiy raqamlarni taqdim etuvchi shunga o‘xshash dasturlarda birinchi bo‘lib aniqlangan zaxira nomzodiga o‘tkaziladi. Agar birinchi zaxira nomzod sovrinni rad etsa yoki mukofotni o‘z vaqtida olmasa, sovrin ikkinchi zaxira nomzodiga beriladi.
5.10.Agar Asosiy g‘olib va 2 (ikki) nafar zaxira nomzod sovrinni rad etsa, Bank qaroriga asosan mazkur Qoidalarning 5.8-5.9-bandlarida nazarda tutilgan tartibda g‘oliblar muqobil ravishda aniqlanadi.
5.11.Agar g‘oliblarni muqobil ravishda aniqlash natijasiga ko‘ra sovrin uni rad etilishi va/yoki o‘z vaqtida olinmasligi natijasida topshirilmay qolsa, u holda Bank sovrinni keyingi yutuqli o‘yin uchun, uni mazkur Qoidalarda bilgilangan tartibda g‘olibga amalda topshirilgunga qadar o‘zida qoldiradi.
5.12.Aksiya g‘oliblarini aniqlash tartibi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va Bank Boshqaruvi aʼzolari tomonidan imzolanadi. G‘oliblarning ismlari Bankning rasmiy korporativ veb-saytida, ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinadi
5.13. Aksiya g‘oliblariga Bank tomonidan SMS-xabarnoma yuboriladi yoki G‘olib bilan Bank kartasiga bog‘langan telefon raqami orqali aloqaga chiqiladi.
VI.Sovrinlarni olish tartibi va muddatlari
6.1.Aksiya g‘oliblariga sovrinlarni tantanali topshirish marosimi AT “Alokabank”ning 100077, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mo‘minov ko‘chasi, 4-uyda joylashgan ofisi hududida o‘tkaziladi. Sovrinni qabul qilib olish uchun G‘olibdan pasportning asl nusxasini taqdim etish va Sovrinni topshirish bilan bog‘liq zarur hujjatlarni imzolash talab etiladi.
6.2. Sovrinlar G‘olib tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta, harbiy xizmatchilar uchun harbiy bilet) taqdim etilgandan so‘ng va undagi maʼlumotlar to‘liq mos kelgan holda topshiriladi.
6.3. O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq Bank sovrinlarni G‘oliblarga topshirish jarayonida soliqlar yoki boshqa tegishli davlat bojlarini to‘lash majburiyatini oladi.
6.4. G‘olibni Sovrin yutilganligi to‘g‘risida xabardor qilganda, Bank G‘olibga Sovrinni olishi kerak bo‘lgan muddat va G‘olib tomonidan belgilangan muddatda Sovrinni olmaslik oqibatlari to‘g‘risida xabar beradi. Agar G‘olib uzrli sabablarga ko‘ra Sovrinni Bank tomonidan belgilangan muddatda ololmasa, G‘olibga Sovrinni olishi mumkin bo‘lgan oxirgi muddat haqida maʼlumot berilishi kerak. Shu bilan birga, mazkur muddat G‘olib Sovrin yutganligi to‘g‘risida xabardor qilingan kundan boshlab 20 (yigirma) kalendar kundan oshmasligi kerak.
6.5.G‘oliblarga Sovrinlar G‘olib va Bankning vakolatli vakili tomonidan imzolangan qabul-topshirish dalolatnomasi asosida topshiriladi.
6.6. Bankning Sovrinni ishtirokchiga topshirish majburiyati sovrin ishtirokchiga topshirilgan va qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangan paytdan boshlab bajarilgan hisoblanadi.
6.7. Sovringa egalik huquqi tegishli hujjatlar imzolangan paytdan boshlab G‘olibga o‘tadi.
6.8.Sovrinlarni topshirish marosimi jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda tantanali ravishda ommaviy tadbir sifatida tashkil etilishi mumkin.
6.9. Bank Sovrinlardan foydalanish natijasida Sovrin egalarining sog‘lig‘iga (hayotiga), shuningdek uchinchi shaxslarning mol-mulkiga, sog‘lig‘iga yoki hayotiga yetkazilgan har qanday zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.
VII. Aksiya ishtirokchilarini aksiyani o‘tkazish shartlari, aksiyani to‘xtatib turish yoki muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida xabardor qilish tartibi
7.1. Aksiya ishtirokchilari Aksiyani o‘tkazish shartlari va tartibi to‘g‘risida internet tarmog‘ida maʼlumot joylashtirish orqali xabardor qilinadilar.
7.2. Mazkur Aksiya haqida batafsil maʼlumot, shuningdek Aksiya qoidalari Bankning www.aloqabank.uz rasmiy veb-saytida joylashtirilgan.
7.3. Aksiya haqida batafsil maʼlumotni Bankning ishonch telefon raqami orqali ham olish mumkin: (+998 71) 230-7777.
7.4. Aksiya muddatidan oldin tugatilgan, uni o‘tkazish muddatlari uzaytirilgan yoki qoidalarga o‘zgartirish kiritilgan taqdirda tegishli maʼlumotlar Bankning www.aloqabank.uz veb-saytida joylashtiriladi.