11 Okt 2024
Muhim sana munosabati bilan "Yagona umumrespublika protsessing markazi" AJ ofisida bank sohasidagi PR xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv ishtirokchilarga kommunikatsiya sohasidagi hamkasblar bilan professional muhokamalar va tajriba almashish imkoniyatini berdi.
Tadbir dasturi juda mazmunli va informativ bo‘lib, unda kompaniyaning yirik loyihalari, jumladan: PR va CSR UZCARD 2024, UZCARD Avlod, UZCARD Kids, UZCARD AWARD 2024 kabi loyihalar muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuv doirasida bank sohasidagi inqirozli vaziyatlarni boshqarish bo‘yicha ekspertlar o‘z tajribalari, eng yaxshi amaliyotdagi keyslar va antikrizis-PR mavzusida panel munozarasi o‘tkazildi.