Mazkur o’quv-seminarlarda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Fransiya, Germaniya, Shvetsariya, Daniya va Amerika Qo’shma Shtatlaridan vakillar ishtirok etib, dunyoning yetakchi arbitrlari, jumladan, Jason Fry (Clifford Chance Europe LLP), Steven Finizio (WilmerHale) va Paolo Marzolini (Pattocchi & Marzolini) qatnashishdi. Spikerlar o’zlarining boy tajribasi va bilimlari bilan bo’lishishdi.

E’tiborli tomoni, ushbu akademiyada AloqaBank vakillari Yuridik xizmat boshlig’i A.Qarshiyev va bo’lim boshlig’i S.Adenovlar ham ishtirok etishdi. Ular Herbert Smith Freehills LLP, International litigation and international arbitration LL.M, Paksoy Law firm, MyLawyer singari yuridik firmalar bilan muzokaralar olib borib, hamkorlik qilish bo'yicha kelishuvga erishishdi.

Shuningdek, mazkur seminar davomida xalqaro arbitraj va yuridik masalalar bo'yicha ko'plab dolzarb mavzular muhokama qilindi. Bu muhokamalar yuridik xizmat ko'rsatish sifatini oshirish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish yo'lida muhim qadam bo'ldi.