13 Dek 2023
Joriy yilning 12—15-dekabr kunlari Toshkent shahrida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.
Poytaxtimizning “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar markazida tashkil etilayotgan mazkur yarmarkada to‘qimachilik, charm-poyabzal, neft va gaz sanoati, avtomobilsozlik, farmatsevtika, shuningdek, konchilik va elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan yirik korxonalar ishtirok etmoqda. Shuningdek, yarmarka davomida soha bo‘yicha alohida taqdimotlar hamda biznes uchrashuvlar (B2B) o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Yarmarka doirasida “O‘zekspomarkaz" milliy ko‘rgazmalar markazining to‘rt pavilyoni va ochiq maydonida respublikaning tarmoq va byudjet tashkilotlari 14 ta hududning jami 4 600 dan ortiq korxonasi tomonidan 6 000 dan ortiq turdagi mahsulotlar ko‘rgazmasi namoyish etilgan.
Ko’rgazmada AloqaBank vakillari ham qatnashmoqda. Xususan, yarmarka doirasida tadbirkorlik subyektlari va sanoat vakillari AloqaBank tomonidan taklif qilinayotgan yangi kredit mahsulotlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.