AloqaBank Xodimlarni boshqarish departamenti tomonidan joriy etilgan “Maqsad sari amaliyot” loyihasi doirasida ISFT va TMCdan tashrif buyurgan 13 nafar iqtidorli talaba muvaffaqiyatli amaliyotni yakunladi! Amaliyot davomida talabalar quyidagi yo‘nalishlarda real ish tajribasiga ega bo‘lishdi:
- Marketing
- Buxgalteriya hisobi
- Korporativ kredit amaliyotlari
- Chakana biznes amaliyotlari
- Mijozlarga xizmat ko‘rsatish
Talabalar bank tizimidagi kundalik ish jarayonlari bilan bevosita tanishib, o‘zlarining nazariy bilimlarini mustahkamladi va yangi ko‘nikmalarni egallashdi. Amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilar AloqaBank tomonidan maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Yosh kadrlarga e’tibor — AloqaBank strategiyasining ajralmas qismidir, shunday ekan yosh mutaxassislarni tayyorlash bank uchun faqat bugungi emas, ertangi kunni barpo etish yo‘lidagi mas’uliyatli vazifa.