21 May 2025
Talabalar festivali doirasidagi yirik ko‘rgazma barcha yoshlarni kutmoqda!
Ushbu ko‘rgazma doirasida AloqaBank ham o‘zining informatsion stendi bilan ishtirok etmoqda. Bu yerda siz nafaqat bankning zamonaviy mahsulot va xizmatlari bilan tanishasiz, balki Startup Garage akseleratsiya dasturi va AloqaVentures venchur fondi haqida ham to‘liq ma’lumot olasiz.
Stendimizda siz:
- Bank xizmatlari va Zoomrad ilovasidan qanday foydalanish haqida maslahatlar;
- Startaplar uchun moliyaviy ko‘mak va o‘sish imkoniyatlari bilan tanishasiz;
- Akseleratsiya va investitsiya jarayonlarining qanday ishlashini o‘rganasiz;
- AloqaBank mutaxassislari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilib, o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob topasiz.
AloqaBank stendiga tashrif buyuring va o‘z imkoniyatlaringizni kengaytiring!
Manzil: “Zakovat arena” hududida