Joriy yilning avgust oyining boshida AloqaBank rahbariyati tomonidan hududdagi tadbirkorlarning investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, ishchi o‘rinlari yaratilishi bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar borasida 40 taga yaqin tadbirkorlar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Uchrashuv davomida kelib tushgan takliflardan 15 tasiga echim berilib Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda tumanlarni naʼmunali hududlarga aylantirish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish borasida amalga oshirilayotgan hamkorlikni yana-da kengaytirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha kelishib olindi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalarni ishga tushirish uchun zaruriy mutaxassislarni tayyorlash, yaʼni ish o‘rinlari bazasini shakllantirish bo‘yicha ishsiz yoshlar, oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilarini kasbga o‘qitish ishlarini tashkillashtirish takliflari berilib mazkur masalalarni ijrosi muhokama qilindi.