AloqaBank Navoiy hududiy kompleks xizmat ko‘rsatish markazida bank rahbariyati ishtirokida tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad – tadbirkorlarni qiynayotgan tizimli muammolarni o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash va mavjud masalalarga amaliy yechim topishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuvda bildirilgan taklif va fikrlar asosida yangi turdagi bank xizmatlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Tadbirkorlar tomonidan bildirgan har bir murojaat mas’ullar tomonidan alohida nazoratga olindi va ularni hal etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi.
Yuzma-yuz o‘tkazilgan muloqot jarayonida biznes vakillari o‘z fikr va takliflarini ochiq bayon etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.